TARBIYA DARSLARINING KOMMUNIKATIV KOMPETENSIYANI SHAKLLANTIRISHDAGI DIDAKTIK IMKONIYATLARI
Keywords:
tarbiya darsi, kommunikativ kompetensiya, didaktik imkoniyatlar, kompetensiyaviy yondashuv, interfaol metodlar, pedagogik texnologiya, hamkorlik.Abstract
Mazkur maqolada tarbiya darslarining o‘quvchilarda kommunikativ kompetensiyani shakllantirishdagi didaktik imkoniyatlari ilmiy-pedagogik nuqtai nazardan tahlil qilingan. Tadqiqotda tarbiya darslarining mazmuni, didaktik tamoyillari hamda interfaol ta'lim metodlarining kommunikativ kompetensiyani rivojlantirishdagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida ta'lim tizimini takomillashtirishga qaratilgan islohotlar hamda mahalliy pedagog olimlarning ilmiy qarashlari asosida tarbiya darslarini tashkil etishning samarali yo‘llari ochib berilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, tarbiya darslarida shaxsga yo‘naltirilgan ta'lim, hamkorlik pedagogikasi, muammoli ta'lim va interfaol metodlardan tizimli foydalanish o‘quvchilarning kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishning muhim didaktik omili hisoblanadi.
References
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi PF–158-son "O‘zbekiston – 2030" strategiyasi to‘g‘risida"gi Farmoni.
Muslimov N.A. Kasb ta'limi o‘qituvchisini kasbiy shakllantirishning nazariy-metodik asoslari. – Toshkent: Fan, 2007.
Tolipov O'.Q., Usmonboyeva M. Pedagogik texnologiyalarning tatbiqiy asoslari. – Toshkent: Fan, 2006.
Sharipov Sh.S. Pedagogika nazariyasi va amaliyoti. – Toshkent: Fan, 2015.
Jo‘rayev R.H. Ta'lim menejmenti. – Toshkent: Fan, 2008.