O‘ZBEKISTONDA FAOLIYAT YURITAYOTGAN MUZEYLAR TARIXI

O‘ZBEKISTONDA FAOLIYAT YURITAYOTGAN MUZEYLAR TARIXI

Authors

  • G‘ulomova Zahro Davlatjon qizi Nizomiy nomidagi O‘zMPU Tarix fakulteti “Tarix” ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabasi

Keywords:

Muzey, O‘zbekiston tarixi, tarixiy meros, madaniy meros, O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Amir Temur, Temuriylar, tarixiy xotira, ekspozitsiya, eksponat, milliy o‘zlik.

Abstract

Ushbu maqolada O‘zbekiston hududida faoliyat yuritayotgan muzeylarning mamlakat tarixiy-madaniy merosini asrash, ilmiy o‘rganish va yosh avlodga yetkazishdagi ahamiyati yoritiladi. Xususan, O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi hamda Temuriylar tarixi davlat muzeyining tashkil topishi, asosiy faoliyat yo‘nalishlari, fondlaridagi tarixiy ashyolar va ekspozitsiyalarining ilmiy-ma’rifiy ahamiyati tahlil qilinadi. O‘zbekiston tarixi davlat muzeyida qadimgi davrlardan hozirgi kungacha bo‘lgan tarixiy jarayonlarni aks ettiruvchi moddiy va yozma manbalar jamlanganligi, Temuriylar tarixi davlat muzeyida esa Amir Temur va Temuriylar davrining siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ilmiy taraqqiyotiga oid eksponatlar namoyish etilishi haqida fikr yuritiladi. Maqolada muzeylarning nafaqat tarixiy buyumlarni saqlovchi maskan, balki ilmiy tadqiqot, tarixiy xotirani shakllantirish, milliy o‘zlikni anglash va vatanparvarlik tuyg‘ularini rivojlantirishga xizmat qiluvchi muhim ma’rifiy muassasa ekanligi asoslab beriladi. Shuningdek, mazkur muzeylarning O‘zbekiston tarixini xolis va manbalar asosida o‘rganish, tarixiy merosni kelajak avlodlarga yetkazish hamda jamiyatning madaniy-ma’rifiy rivojidagi o‘rni ochib beriladi.

References

Abdullayev D.N, Muxamedova M.S “Muzeyshunoslik”, Toshkent “Zilol buloq” nashriyoti 2024. 127b-150b.

O‘zbekiston Milliy ensklopediyasi, 5jild, -Toshkent: O‘zbekiston Milliy Ensklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti,2003.

Pugachenkova G.A” Temuriylar davrida O‘rta Osiyo me’morchiligi va san`ati”, Toshkent: Fan nashriyoti – 1996.

Downloads

Published

2026-10-01
Loading...