“BIR TUNLIK BAXT VA UMRBOQIY ARMON” DOSTOYEVSKIY TALQINIDA

“BIR TUNLIK BAXT VA UMRBOQIY ARMON” DOSTOYEVSKIY TALQINIDA

Authors

  • Orifjonova Muxlisa Kamol qizi Fan va Texnologiyalar universiteti O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi 1-bosqich talabasi Email: muxlisaorifjonova79@gmail.com

Abstract

Mazkur maqolada Fyodor Dostoyevskiyning “Oydin tunlar” qissasi asosida sevgi tushunchasining badiiy-falsafiy talqini chuqur tahlil qilinadi. Asarda muhabbat romantik tuyg‘u sifatida emas, balki yolg‘izlikdan tug‘ilgan ruhiy ehtiyoj, orzu va armonning murakkab birligi sifatida namoyon bo‘lishi asoslab beriladi. Qahramon kechinmalarining psixologik mohiyati ochib berilib, qisqa muddatli baxt va umrboqiy armon o‘rtasidagi ziddiyat markaziy g‘oya sifatida yoritiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, Dostoyevskiy talqinida sevgi baxtga eltuvchi vosita emas, balki inson ruhining yetilishiga xizmat qiluvchi sinovdir. Shu jihatdan “Oydin tunlar” qissasi sevgi haqida emas, balki insonning o‘zini anglash jarayoni haqidagi falsafiy-psixologik asar sifatida talqin etiladi.

References

Downloads

Published

2026-04-01
Loading...