JAMILA ERGASHEVANING “ZULFIZAR” QISSASIDA XARAKTER MASALASI
Abstract
Mazkur maqolada Jamila Ergashevaning “Zulfizar” qissasida xarakter yaratish masalasi adabiyot nazariyasi nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. Badiiy adabiyotda xarakter tushunchasi qahramonning tashqi ko‘rinishi bilangina emas, balki uning dunyoqarashi, ruhiy holati, hayotiy tajribasi, jamiyat va insonlar bilan munosabati, ma’naviy qarashlari orqali namoyon bo‘luvchi murakkab badiiy hodisa hisoblanadi. Yozuvchi qahramon xarakterini yaratishda uning xatti-harakatlari, nutqi, ichki kechinmalari va turli hayotiy vaziyatlardagi tanlovlariga e’tibor qaratadi. Jamila Ergashevaning “Zulfizar” qissasida ham inson xarakteri hayot sinovlari, oilaviy munosabatlar va tarixiy davr voqealari fonida ochib beriladi. Asarning markaziy obrazi Zulfizar xarakteri orqali kuchli iroda, mustaqillik, g‘urur, mehribonlik va ichki ziddiyatlar aks ettirilgan. Shuningdek, Oysulton xola, Ulton kampir, Sora va Og‘amurod obrazlari orqali turli xarakter tiplarining badiiy talqini yaratilgan.
References
Ergasheva J. Zulfizar: qissa. – Toshkent: Sharq, 2005.
O‘zbek adabiyoti va san’ati jurnali. – Toshkent, 2005–2020-yillar (Ergasheva ijodiga oid maqolalar).
Sharq yulduzi jurnali. – Toshkent, turli sonlar (zamonaviy o‘zbek nasri va muallif ijodi haqidagi maqolalar).
Mustaqillik davri o‘zbek adabiyoti (ilmiy maqolalar to‘plami). – Toshkent:
Fan, 2015.
Zamonaviy o‘zbek yozuvchilari (biobibliografik ma’lumotnoma). – Toshkent: O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, 2018.
O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi. – Toshkent: O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi nashriyoti, 2000–2005 (tegishli jildlar).
Ziyonet.uz portali
Kitob.uz elektron kutubxonasi