ALIMENT MAJBURIYATLARINI IJRO ETISHDA NORASMIY DAROMAD VA MEHNAT MIGRATSIYASI OMILLARINING TA’SIRI
Keywords:
aliment majburiyati, oila huquqi, norasmiy daromad, soya iqtisodiyoti, mehnat migratsiyasi, bolalar taʼminoti, Oliy sud Plenumi, chegaralararo ijro, Gaaga konvensiyasi.Abstract
Mazkur maqolada Oʻzbekiston Respublikasida voyaga yetmagan va voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz bolalar taʼminoti uchun aliment undirish institutining amaldagi huquqiy tartibga solinishi tanqidiy nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Tadqiqotning markaziy eʼtibori ikki omilga qaratilgan: birinchidan, norasmiy daromadlar sharoitida aliment miqdorini adolatli belgilash muammosi, ikkinchidan, tashqi mehnat migratsiyasi sharoitida aliment majburiyatlarni chegaralararo ijro etishning huquqiy boʻshliqlari. Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksi normalari va Oliy sud Plenumining 2016-yil 29-iyuldagi 11-sonli qarori (keyingi tahrirlari bilan birga) tahlil qilinib, ularda mazkur ikki omilga nisbatan yetarli huquqiy mexanizm mavjud emasligi asoslab beriladi. Xorijiy davlatlar tajribasi bilan qiyosiy tahlil oʻtkazilib, milliy qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha aniq takliflar ishlab chiqilgan.
References
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (2023-yildagi tahrirda);
Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksi, 1998-yil 30-aprel;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016-yil 29-iyuldagi 11-sonli "Sudlar tomonidan voyaga yetmagan va voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz bolalar taʼminoti uchun aliment undirishga oid ishlar boʻyicha qonunchilikni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida"gi qarori;
Schneider F. Shadow Economies: Size, Causes, and Consequences // iqtiboslangan manba: Pirnafasov S.B;
Pirnafasov S.B. Oʻzbekistonda yashirin iqtisodiyot: baholash metodologiyasi, dinamikasi va qisqartirish istiqbollari (1996–2026-yillar tahlili) // Green Economy and Development. — 2025;
World Bank. Uzbekistan: Toward a New Economy: Country Economic Memorandum. — Washington D.C.: World Bank Group, 2023;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi. Oʻzbekiston Respublikasida norasmiy va yashirin iqtisodiyotning yalpi qoʻshilgan qiymati: statistik tahlilnoma. — Toshkent, 2024;
Полетаев Д. В. Женская трудовая миграция из Таджикистана и Киргизии в Россию // Народонаселение;
Тюрюканова Е. В., Зайончковская Ж. А., Карачурина Л. Б. и др. Женщины-мигранты из стран СНГ в России;
Мукомель В. И., Григорьева К. С., Монусова Г. А. и др. Адаптация и интеграция мигрантов в России: вызовы, реалии, индикаторы: монография;
Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar boʻyicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar toʻgʻrisidagi Konvensiya (Minsk, 1993-yil 22-yanvar);
Convention of 23 November 2007 on the International Recovery of Child Support and Other Forms of Family Maintenance. — The Hague Conference on Private International Law (HCCH);
Congressional Research Service. Child Support Enforcement and the Hague Convention on Recovery of International Child Support. — Report R43779. — Congress.gov, Library of Congress.