MAKTAB O‘QUVCHILARI TOMONIDAN SODIR ETILGAN JINOYATLAR TUSHUNCHASI, MOHIYATI VA TASNIFI
Keywords:
maktab o‘quvchilari jinoyatchiligi; voyaga yetmaganlar; jinoyat profilaktikasi; kriminologik portret; determinantlar; huquqbuzarliklar profilaktikasi; yuvenal kriminologiya; jamoat xavfsizligi.Abstract
Mazkur dissertatsiya maktab o‘quvchilari tomonidan sodir etiladigan jinoyatlar va ularning profilaktikasini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan. Tadqiqotning dolzarbligi voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining global va milliy miqyosda ortib borayotganligi, uning ijtimoiy xavflilik darajasi hamda jamiyat barqarorligiga salbiy ta’siri bilan izohlanadi. Tadqiqotning maqsadi maktab o‘quvchilari tomonidan sodir etiladigan jinoyatlarning kriminologik xususiyatlarini kompleks tahlil qilish hamda ularning oldini olish mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Ishda analiz va sintez, statistik va qiyosiy tahlil, sotsiologik so‘rov, tizimli yondashuv kabi metodlardan foydalanilgan. Tadqiqot natijasida maktab o‘quvchilari jinoyatchiligining determinantlari, jinoyatchi shaxsning kriminologik portreti hamda hududiy xususiyatlari aniqlangan. Shuningdek, profilaktika tizimini takomillashtirish bo‘yicha huquqiy va tashkiliy mexanizmlar ishlab chiqilgan. Tadqiqotning ilmiy yangiligi maktab o‘quvchilari jinoyatchiligini mustaqil kriminologik hodisa sifatida kompleks o‘rganish va manzilli profilaktika choralarini taklif etishda namoyon bo‘ladi. Amaliy ahamiyati esa qonunchilikni takomillashtirish va profilaktika amaliyotini samaradorligini oshirish imkoniyatida ifodalanadi.
References
https://referat.uz/drugie/tekst-lekciy/13874-13874.html
Файзуллаев Д.О. Ёшлар орасида жиноятчиликка қарши курашиш давлатимизнинг долзарб вазифасидир! // Central Asian Journal of Multidisciplinary research and management studies. Volume 1, Issue 1, February 2024. Page 117-123
Ўзбекистон Республикаси ИИВ ахборот таҳлилий маълумотлари.
World Health Organization. "Youth violence". 2020 - https://www.who.int/news-room/fact-sheets/detail/youth-violence
United Nations Office on Drugs and Crime. "Global Study on Homicide". 2019 - https://www.unodc.org/unodc/en/data-and-analysis/global-study-on-homicide.html
Kriminologiya. Darslik. M.X. Rustambayev, Q.R. Abdurasulova, G.B.Nurmuhammedova. – Toshkent: Yuridik adabiyotlar Publish, – 2024-y. – 424 bet.
Осынцев А.И. Криминологическое обеспечение профилактики преступности несовершеннолетних // Дис.канд.юрид.наук. – Краснодар 2000. С.194. https://www.dissercat.com/content/kriminologicheskoe-obespechenie-profilaktiki-prestupnosti-nesovershennoletnikh
Зиядова Д.З. Теоретические и прикладные проблемы преступности среди учащихся общеобразовательных учреждений: региональный аспект. // Дис.док.юрид.наук. – Москва – 2006. С.464
Назаров Б. "Жиноятчиликка қарши курашда ижтимоийлашув институтининг роли". Тошкент: Фан. – 2023.
Криминология: Учебник / Под ред. Н.Ф. Кузнецовой, В.В. Лунеева. - М., 2004. - С.260.
Минимальные стандартные правила Организации Объединенных Наций, касающиеся отправления правосудия в отношении несовершеннолетних (Пекинские правила) — Конвенции и соглашения — Декларации, конвенции, соглашения и другие правовые материалы (un.org)
Ведерникова О.Н. Теория и практика борьбы с преступностью в Великобритании. М., 2001. С. 209.
Алексеев А.И., Герасимов С.И., Сухарев А.Я. Криминологическая профилактика: теория, опыт, проблемы. Монография. - М., 2001. - С. 10.