AHMAD HOSHIMIYNING “JAVOHIR UL-BALOG‘A” ASARIDA JUMLA INSHOIYYANING EMOTSIONAL VA NUTQIY IFODA VOSITASI SIFATIDA QO‘LLANILISHI
Keywords:
jumla inshoiyya, talabiy insho, balog'at ilmi, buyruq gap, inkor gap, so'roq gap, orzu-istak, undov, ikkilamchi ma'no, Ahmad Hoshimiy, arab tili pragmatikasi. إنشاء so‘zi lug‘atda “tuzish”, “bino qilish”, “ijod qilish” kabi ma’nolarni anglatadi. Ma’oniy ilmida esa bu so‘z jumlaning ikkinchi turiga nisbatan qo‘llaniladi va u jumla al-inshoiy deb ataladi. Ahmad Hoshimiy unga quyidagicha ta’rif beradi : ما (الكلام) لا يَحتمِلُ الصِّدق والكَذِبَ لِذاتهAbstract
Mazkur maqola arab balog'at ilmining muhim tushunchalaridan biri bo'lmish jumla inshoiyyaning — ya'ni o'ziga nisbatan rostlik yoki yolg'onlik hukmi berilmaydigan gap turining — nutqiy va emotsional ifoda vositasi sifatidagi ko'p qirrali tabiatini Ahmad Hoshimiyning "Javohir ul-balog'a" asari asosida ilmiy jihatdan tahlil qilishga bag'ishlangan.
Maqolada jumla inshoiyya ikki asosiy turga — talabiy va g'oyri talabiy insho'ga — bo'linishi nazariy jihatdan asoslanib, talabiy inshoiyyaning beshta shakli: buyruq (الأمر), inkor (النهي), so'roq (الاستفهام), orzu-istak (التمني) va undov (النداء) alohida-alohida ko'rib chiqilgan. Har bir tur uchun birlamchi (lugʻaviy) ma'nolar bilan bir qatorda ikkilamchi (balogʻiy) ma'nolar ham keng tahlil qilingan: buyruq gapdan duo, iltimos, maslahat, tahdid va ta'jub anglanishi; inkor gapdan g'amxo'rlik, orzu-istak va tahqirlash ifodalanishi; so'roq gapdan taqrir, tasviya, tashviq va masxaralash kabi ma'nolar kelib chiqishi misollar orqali isbot etilgan.
References
علي جارم، مصطفي أمين. البلاغة الواضحة. البيان. المعاني. البديع. القاهرة. 1999
. أحمد حاشمى. جواهر فى المعاني والبيان والبديع. بيروت لبنان. 2004
القرآن الكريم. مدينة العبور. 2001.
Shayx Muhammad Sodiq Muahmmad Yusuf. Tafsiri Hilol. -T.: Hilol nashryoti, 2020.
Ibrohimov N., Yusupov M. Arab tili grammatikasi. I J. –Namangan: Ibrat, 2009.
Abdul-Raof Hussein. Arabic Rhetoric: A Pragmatic Analysis. USA and Canada: - Routledge, 2006.