UMARXON VA MUHAMMAD ALIXON DAVRIDA QO‘QON XONLIGINING MADANIY YUKSALISHI
Keywords:
Qo‘qon xonligi, Umarxon, Muhammad Alixon, Ma’dalixon, Amiriy, Nodira, Uvaysiy, Gulxaniy, Qo‘qon adabiy muhiti, mumtoz adabiyot, me’morchilik, xattotlik, kitobat, tarixnavislik, madaniy yuksalish.Abstract
Ushbu maqolada XIX asrning birinchi yarmida Qo‘qon xonligida, xususan, Umarxon va Muhammad Alixon hukmronligi davrida yuz bergan madaniy yuksalish jarayonlari tahlil etiladi. Mazkur davrda Qo‘qon shahri Markaziy Osiyoning muhim adabiy va ma’rifiy markazlaridan biriga aylangani, adabiyot, me’morchilik, xattotlik, kitobat, tarixnavislik va ta’lim sohalarida sezilarli taraqqiyot kuzatilgani yoritiladi. Umarxonning “Amiriy” taxallusi bilan ijod qilgani, Nodira, Uvaysiy, Gulxaniy va Fazliy Namangoniy kabi ijodkorlarning faoliyati Qo‘qon adabiy muhitining rivojida muhim o‘rin tutgani ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, Muhammad Alixon davrida ushbu madaniy an’analar davom ettirilgani va rivojlantirilgani tahlil qilinadi. Maqolada Qo‘qon xonligi madaniy yuksalishining o‘zbek mumtoz adabiyoti va milliy madaniyat tarixidagi ahamiyati ochib beriladi.
References
Bobobekov H. Qo‘qon tarixi. — Toshkent: Fan, 1996.
Qayumov A. Qo‘qon adabiy muhiti. — Toshkent: Fan, 1961.
Mallayev N. O‘zbek adabiyoti tarixi. — Toshkent: O‘qituvchi.
Valixo‘jayev B. O‘zbek adabiyotshunosligi tarixi. — Toshkent.
O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi. “Qo‘qon xonligi”, “Umarxon”, “Nodira”, “Uvaysiy” maqolalari.
Fazliy Namangoniy. Majmuayi shoiron.