PROFILAKTIKA INSPEKTORI FAOLIYATINI REJALASHTIRISHNING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Keywords:
profilaktika, reja, taqsimlash, muloqot, kunlik vazifalar, profilaktik hisob, suhbat, ogoghlantirish, vaqtni taqsimlash, to’g’ri yo’nalish, ilm, ma’lumotlar, natijadorlikAbstract
Ushbu maqolada profilaktika inspektori faoliyatini rejalashtirishning o‘ziga xos xususiyatlari ilmiy asosda tahlil qilingan. Rejalashtirish jarayonining muhim bosqichlari — hududning kriminogen vaziyatini o‘rganish, xavf omillarini aniqlash, individual va guruhiy profilaktika tadbirlarini uyg‘unlashtirish, shuningdek, davlat va nodavlat tashkilotlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish kabi jihatlar yoritilgan. Maqolada profilaktika faoliyatida moslashuvchan rejalashtirish tamoyilining ahamiyati ham keng ochib berilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, inspektor faoliyatini aniq va ilmiy asoslangan tarzda rejalashtirish jinoyatchilikning oldini olish va hududda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashning asosiy omillaridan biridir. Maqola profilaktika ishlarining samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy-amaliy tavsiyalarni ham o‘z ichiga oladi.
References
O‘zbekiston Respublikasi “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni, 2014-yil 14-may.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi. – T.: Adolat, so‘nggi tahrir.
O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi. – T.: Adolat.
Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi Qonun, 2017-yil.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi qarorlari va yo‘riqnomalari (profilaktika inspektorlari faoliyatiga doir amaldagi hujjatlar).
Jo‘rayev, T. Kriminologiya. – Toshkent: TDYuI nashriyoti.
Usmonaliev, O. Huquqbuzarliklar profilaktikasi nazariyasi va amaliyoti. – Toshkent: Adolat, 2020.
Holiqov, S., & Qodirov, B. Jamoat xavfsizligi va huquqbuzarliklarning oldini olish. – Toshkent: Akademiya, 2019.
Rahmonov, N. Huquqiy tarbiya va yoshlar o‘rtasida profilaktika ishlari. – Toshkent, 2021.