TURKISTONDA YANGI USUL MAKTABLARI VUJUDGA KELISHI
Abstract
Ushbu maqolada XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Turkiston o‘lkasida vujudga kelgan jadidchilik harakati, uning tarkibiy qismi hisoblangan usuli jadid (yangi usul) maktablarining shakllanish tarixi va ijtimoiy-siyosiy zarurati arxiv hujjatlari hamda tarixiy manbalar asosida tadqiq etilgan. Maqolada an’anaviy maktabxonalardagi ta’lim inqirozi, tovush tizimiga (usuli savtiya) asoslangan yangi o‘qitish metodikasining joriy etilishi, darsliklar va o‘quv dasturlarining yaratilishi hamda jadid maktablarining o‘lka xalqlari ma’rifatidagi o‘rni ilmiy tahlil qilingan. Shuningdek, chor mustamlakachilik ma’murlarining yangi usul maktablariga nisbatan yuritgan cheklovchi siyosati faktik ma’lumotlar vositasida yoritib berilgan.
References
Ergashev G‘. Jadidchilik harakati tarixi va uning sotsiomadaniy asoslari. – Toshkent: Ma’naviyat, 2018. – 240 b. (45-bet).
Gasprinskiy I. Reja va maqsadlarimiz (Ta’lim tizimi islohotiga doir). // "Tarjimon" gazetasi, Bog‘chasaroy, 1884, №12. – 12-b.
Davlatov S. Ismoil Gasprinskiy va Turkiston jadidchilik harakati. – Samarqand: Zarafshon, 2011. – 195 b. (88-bet).
To‘rayev O. Farg‘ona vodiysida yangi usul maktablarining shakllanishi. – Farg‘ona: Farg‘ona nashriyoti, 2015. – 160 b. (64-bet).
Alimov X. Qo‘qon jadidlari va ularning ma’rifiy faoliyati. – Toshkent: Sharq, 2009. – 180 b. (112-bet).
Munavvarqori Abdurashidxonov. Tanlangan asarlar. (Nashrga tayyorlovchi va so‘zboshi muallifi: S. Sirojiddinov). – Toshkent: Ma’naviyat, 2003. – 304 b. (32, 48-betlar).
O‘zbekiston Milliy arxivi (O‘zMA), I-1-fond, 31-ro‘yxat, 845-ish, 105-189-varaqlar ma’lumotlari asosida.
Ayniy S. Buxoro inqilobi tarixi uchun materiallar. – Moskva: SSSR xalqlarining markaziy nashriyoti, 1926. – 280 b. (54-bet).
Behbudiy Mahmudxo‘ja. Tanlangan asarlar. (Tuzuvchi va so‘zboshi muallifi: B. Qosimov). – Toshkent: Ma’naviyat, 1999. – 288 b. (77-bet).
Avloniy Abdulla. Turkiy guliston yoxud axloq. – Toshkent: O‘qituvchi, 1992. – 160 b. (92-bet).
Qosimov B. Milliy uyg‘onish: jasorat, ma’rifat, fidoyilik. – Toshkent: Ma’naviyat, 2002. – 400 b. (144-bet).
Razzoqov Sh. Turkistonda jadid maktablari: yutuqlar va fojialar. – Toshkent: Adolat, 2021. – 320 b. (210-bet).