JAMILA ERGASHEVANING “QIR USTIDAGI AYOL” ROMANIDA AYOL RUHIYATI VA ICHKI KECHINMALAR TASVIRI

JAMILA ERGASHEVANING “QIR USTIDAGI AYOL” ROMANIDA AYOL RUHIYATI VA ICHKI KECHINMALAR TASVIRI

Authors

  • Mutalibova Muxtaram Abduraxim qizi Farg‘ona davlat univesiteti filologiya fakulteti: o‘zbek tili yo‘nalishi 23.85-guruh talabasi

Abstract

Ushbu maqolada “Qir ustidagi ayol” romanida ayol obrazining badiiy talqini, xususan, ayol ruhiyatining murakkab qirralari, ichki kechinmalari va hayotiy ziddiyatlari tahlil qilinadi. Asarda bosh qahramon Nozima obrazi orqali zamonaviy ayolning oiladagi, jamiyatdagi va shaxsiy hayotidagi ruhiy holatlari ochib berilgan. Yozuvchi qahramonning tashqi harakatlaridan ko‘ra uning ichki dunyosiga, qalbidagi iztiroblariga, orzu va armonlariga katta e’tibor qaratadi. Roman voqealari davomida Nozimaning ona, rafiqa, kelin va pedagog sifatidagi mas’uliyatlari o‘rtasida qolishi, o‘zini anglashga intilishi hamda hayotdagi o‘rnini topishga bo‘lgan harakati tasvirlanadi. Uning xarakterida mehrga ehtiyoj, e’tibor kutish, qadrlanish istagi bilan birga sabrsizlik, norozilik va xatolar ham namoyon bo‘ladi. Shu jihatdan Nozima obrazi mukammal yoki ideal qahramon emas, balki hayotning turli bosimlari ostida yashayotgan oddiy inson sifatida gavdalanadi.

References

Quronov D. Adabiyotshunoslikka kirish. Toshkent. Abdulla Qodiriy nomidagi xalq nashriyoti.

Esin.A.B. Adabiy asarni tahlil qilish tamoyillariva usullari. - 4-nashr.-M., 2002

Xudoyberdiyev E. Adabiyotshunoslikka kirish. T.: “Sharq”, 2008

D.Quronov, Z.Mamajonov, M. Sheraliyeva. Adabiyotshunoslik lug’ati. Toshkent. “Akademnashr”. 2013.

Umurov.H. “Badiiy psixologizm va hozrigi o‘zbek romanchiligi” – Т., Fan, 1983.

Abdullyeva.D.S. Adabiyotshunoslikda badiiy psixologizm tushunchasi va masalaning tarixi

Downloads

Published

2026-06-20
Loading...