HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI INSPEKTORLARI FAOLIYATINI BAXOLASHNING ASOSIY ME’ZONLARINI TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI.
Keywords:
huquqbuzarliklar profilaktikasi, inspektor, baholash mezonlari, tahlil, samaradorlik, adolat, takomillashtirish, raqamli tizim, jamoatchilik ishonchi.Abstract
Mazkur maqolada huquqbuzarliklar profilaktikasi inspektorlari faoliyatini baholashning asosiy me’zonlarini takomillashtirish masalalari tahlil etilgan. Unda mavjud baholash tizimining afzalliklari va kamchiliklari, shuningdek, uni zamonaviy boshqaruv yondashuvlari asosida takomillashtirish zarurati yoritilgan. Maqolada huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi nazorat va tahlil mexanizmlarini qayta ko‘rib chiqish, baholash mezonlarini inson omiliga asoslangan, sifat va natijadorlikka yo‘naltirilgan shaklga keltirish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan. Shuningdek, raqamli texnologiyalar, jamoatchilik fikri va ijtimoiy tahlil asosida baholash tizimini modernizatsiya qilishning afzalliklari bayon etilgan. Muallif baholash jarayonida obyektivlik, shaffoflik, adolat tamoyillarini qat’iy ta’minlash, inspektorlarning kasbiy tayyorgarligi, axloqiy fazilatlari va fuqarolar bilan muloqot madaniyatini inobatga olish zarurligini ta’kidlaydi.
References
Karimov I. Huquqbuzarliklarni oldini olish tizimlari va ularning samaradorligi. – T.: “Yuridik fan”, 2019.
Tursunov A. Jinoyatchilikka qarshi jamoatchilik hamkorligi: nazariya va amaliyot. – T.: “Ijtimoiy tadqiqotlar”, 2020.
Salimova N. O‘zgalar mulkini himoya qilish va profilaktika inspektorining roli. – “Huquqshunoslik” jurnali, 2021, №3.