AXBOROT TEXNOLOGIYALARI SOHASIDAGI JINOYATLARNING TUSHUNCHASI, BELGILARI VA ULAR BILAN AN’ANAVIY JINOYATLAR OʻRTASIDAGI FARQLAR
Keywords:
axborot texnologiyalari, kiberjinoyat, kompyuter jinoyati, internet, axborot xavfsizligi, firibgarlik, kiberxavfsizlik, elektron ma’lumotlar..Abstract
Ushbu maqolada axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarning tushunchasi, asosiy belgilari hamda ularning an’anaviy jinoyatlardan farqli jihatlari ilmiy-huquqiy jihatdan tahlil qilingan. Maqolada zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi natijasida yuzaga kelayotgan kiberjinoyatlar, ularning sodir etilish usullari, ijtimoiy xavflilik darajasi va jamiyat hamda davlat xavfsizligiga ta’siri yoritilgan. Shuningdek, axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarning o‘ziga xos xususiyatlari, xususan, anonimlik, transmilliylik, yuqori texnik imkoniyatlardan foydalanish hamda jinoyatni aniqlash va isbotlashdagi murakkabliklar ochib berilgan. Bundan tashqari, mazkur jinoyatlarning an’anaviy jinoyatlardan farqli tomonlari qiyosiy-huquqiy tahlil asosida ko‘rsatib o‘tilgan.
References
Rustamboyev M.X. Jinoyat huquqi. Maxsus qism. – Toshkent: TDYU nashriyoti, 2021.
Zokirov S.S. Axborot xavfsizligi va kiberjinoyatchilikka qarshi kurash. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2020.
Abdurasulov Q.R. Kompyuter jinoyatlari va ularning kriminologik tavsifi. – Toshkent: Huquq, 2019.
Kaspersky E. Cybercrime and Cybersecurity. – Moscow: Kaspersky Lab Publishing, 2021.