MEDIA MATNLARIDA KONSEPTUAL METAFORALARNING LINGVOKOGNITIV XUSUSIYATLARI (INGLIZ TILI MISOLIDA)
Abstract
Ushbu maqolada zamonaviy ingliz tili media matnlarida konseptual metaforalarning lingvokognitiv xususiyatlari tadqiq etiladi. Ommaviy axborot vositalari (OAV) matnlari nafaqat axborot uzatish, balki jamoatchilik fikrini shakllantirish va muayyan dunyoqarashni manipulyatsiya qilish quroli hisoblanadi. Maqolada kognitiv tilshunoslikning yetakchi nazariyalari, xususan, J. Lakoff va M. Jonsonning konseptual metafora nazariyasiga tayangan holda, ingliz tili media matnlaridagi asosiy metaforik modellar tahlil qilingan. Siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy mavzudagi media matnlarda eng ko'p qo'llaniladigan 'URUSH', 'BINO', 'SAYOHAT' va 'TIBBIYOT' konseptual metaforalari lingvokognitiv jihatdan yoritib berilgan.
References
Lakoff, G., Johnson, M. Metaphors We Live By. – Chicago: University of Chicago Press, 1980.
Charteris-Black, J. Corpus Approaches to Critical Metaphor Analysis. – London: Palgrave Macmillan, 2004.
Kovecses, Z. Metaphor: A Practical Introduction. – Oxford: Oxford University Press, 2010.
Safarov SH. Kognitiv tilshunoslik. – Jizzax: Sangzor nashriyoti, 2006.
The Guardian, The New York Times, The Economist elektron nashrlari maqolalari (2024-2026).