PAXTA QATOR ORALARIGA YOZGI ISHLOV BERISHDA ROTATSION BORONA ISHCHI ORGANINING KONSTRUKTIV VA TEXNOLOGIK PARAMETRLARINI ASOSLASH
Keywords:
paxta, rotatsion borona, qator oralari, tuproqni yumshatish, qatqaloqni buzish, ishchi organ, aylanish chastotasi, ishchi radius, tuproq deformatsiyasi, kinematik parametrlar, ishlov berish chuqurligi.Abstract
Mazkur maqolada paxta vegetatsiyasi davrida qator oralaridagi tuproqni yumshatish va sug‘orishdan keyin hosil bo‘ladigan qatqaloqni buzishga mo‘ljallangan rotatsion boronaning konstruktiv va texnologik parametrlarini asoslash masalalari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqotda rotatsion ishchi organning geometrik o‘lchamlari, aylanish chastotasi, agregatning harakat tezligi va tuproqqa ishlov berish chuqurligining texnologik jarayonga ta’siri nazariy jihatdan tahlil qilingan. Ishchi organ tishlarining tuproq bilan o‘zaro ta’sirlashuvi, tuproq qatlamining deformatsiyalanishi va qatqaloqning parchalanish jarayonini baholashga alohida e’tibor qaratilgan. Shuningdek, paxta o‘simligining ildiz tizimiga zarar yetkazmagan holda tuproqning yuqori qatlamini yumshatish, uning havo almashinuvini yaxshilash va namlik yo‘qotilishini kamaytirishga qaratilgan texnologik talablar ko‘rib chiqilgan. Rotatsion boronaning ish samaradorligini oshirish uchun konstruktiv va texnologik parametrlarni maqbullashtirishning nazariy asoslari bayon etilgan.
References
Машков С.В., Ишкин П.А., Авдеев Д.А. Оптимизация конструктивных параметров ротационной бороны // Известия Самарской государственной сельскохозяйственной академии. 2026. Т. 11. № 2. С. 42–49. DOI: 10.55170/1997-3225-2026-11-2-42-49.
Савельев Ю.А., Киров Ю.А., Ишкин П.А., Петров М.А. Оптимизация параметров дисковоигольчатых рабочих органов тягово-приводного почвообрабатывающего орудия // Известия Самарской государственной сельскохозяйственной академии. 2021. № 3. С. 30–38. DOI: 10.12737/45050.
Машков С.В., Ишкин П.А., Авдеев Д.А. Ротационная борона к культиватору для сплошной обработки почвы // Сельский механизатор. 2023. № 6. С. 12–13. DOI: 10.47336/0131-7393-2023-6-12-13.
Абдурахмонов У.Н. Орудия для поверхностной обработки почвы // Наука, техника и образование. 2021. № 7. С. 15–19.
Федоров С.Е., Жалнин А.А., Жалнин Н.А., Полункин А.А. Повышение качества поверхностной обработки почвы // Вестник Рязанского государственного агротехнологического университета имени П.А. Костычева. 2020. № 4(48). С. 121–127. DOI: 10.36508/RSATU.2020.48.4.017.