PROFILAKTIKA INSPEKTORINING OILAVIY NIZOLARNING SABAB VA SHAROITLARINI BARTARAF ETISH FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH.
Keywords:
profilaktika inspektori, oilaviy nizolar, ijtimoiy muammolar, nizolarni oldini olish, huquqiy mas’uliyat, ijtimoiy hamkorlik, psixologik yordam, qonunchilik, migratsiya, mahalla, huquqni muhofaza qilish, kasbiy tayyorgarlik, nizolarni bartaraf etish, kommunikativ yondashuv, xorijiy tajriba.Abstract
Mazkur maqolada profilaktika inspektorlarining oilaviy nizolarni aniqlash, tahlil qilish va ularning oldini olishdagi faoliyatini takomillashtirish zaruriyati asoslab berilgan. Bugungi kunda jamiyatda uchrayotgan ijtimoiy-iqtisodiy muammolar, ishsizlik, ma’naviy tarbiyaning yetishmasligi, migratsiya va boshqa omillar oilaviy nizolarning kuchayishiga sabab bo‘lmoqda. Bunday vaziyatda ichki ishlar organlari tizimida faoliyat yurituvchi profilaktika inspektorlarining roli yanada muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada profilaktika inspektorining vazifalari, huquqlari va vakolatlari tahlil qilinadi, shuningdek, oilaviy nizolarni aniqlashda va bartaraf etishda duch kelinayotgan muammolar yoritiladi. Amaldagi qonunchilikdagi bo‘shliqlar, resurslarning yetishmasligi, inspektorlarning kasbiy tayyorgarlik darajasi, ularning aholi bilan ishlashdagi kommunikativ yondashuvlari tanqidiy nuqtai nazardan o‘rganiladi. Tadqiqot davomida turli hududlardagi amaliy tajribalar, statistik ma’lumotlar va ijtimoiy so‘rovlar asosida muammolarni hal etish yo‘llari ishlab chiqilgan. Maqolada shuningdek, oilaviy nizolarni barvaqt aniqlash uchun jamoatchilik bilan hamkorlikni kuchaytirish, mahallalarda ijtimoiy psixologik xizmatlarni yo‘lga qo‘yish, profilaktika inspektorlarini muntazam ravishda qayta tayyorlash va motivatsiya qilish bo‘yicha takliflar berilgan. Shuningdek, xorijiy mamlakatlar tajribasi o‘rganilib, ularning samarali jihatlari asosida mahalliy tizimni takomillashtirish yo‘llari ko‘rsatib o‘tilgan.
References
Abdurahmonov, M. (2019). Oilaviy nizolar va ularni oldini olish tizimlari. Toshkent: Fan va texnologiya nashriyoti.
Karimova, N. (2021). "Profilaktika inspektorlarining oilaviy nizolarni bartaraf etishdagi roli", Ijtimoiy fanlar va huquq jurnal, 3(15), 45-58.
Миронова, Е. В. (2018). Профилактика семейных конфликтов: методология и практика. Москва: Юристъ.
Иванов, С. П. (2020). "Роль инспектора профилактики в предупреждении семейных конфликтов", Правоохранительные органы, № 4, с. 112-119.