PROFILAKTIKA INSPEKTORINING TA’LIM OLUVCHILAR, ULARNING OTA ONALARI VA OTA ONALARINI OʻRNINI BOSUVCHI SHAXSLAR OʻRTASIDA HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASINI TAKOMILLASHTIRISH
Keywords:
Profilaktika inspektori, huquqbuzarlik profilaktikasi, ta’lim oluvchilar, ota-onalar, ota-onalar o‘rnini bosuvchi shaxslar, yoshlar jinoyatchiligi, oilaviy muhit, huquqiy savodxonlik, jinoyatchilikni oldini olish, pedagogik hamkorlik, ijtimoiy muhit, internet xavfsizligi, psixologik yondashuv, huquqiy targ‘ibot, ta’lim muassasalari bilan hamkorlik.Abstract
Ushbu maqola profilaktika inspektorining ta’lim oluvchilar, ularning ota-onalari hamda ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning sodir etilishini kamaytirishdagi o‘rni va faoliyatini yoritishga bag‘ishlangan. Yoshlar orasida huquqbuzarliklarning ko‘payib borayotgani jamiyatning barcha qatlamlarini tashvishga solmoqda. Ayniqsa, maktab, kollej va texnikum o‘quvchilari orasida sodir etilayotgan ma’muriy yoki jinoiy xatti-harakatlarning asosiy sabablari — oiladagi muammolar, nazoratning sustligi, huquqiy bilim yetishmasligi, ijtimoiy muhit ta’siri, internet tarmog‘idagi salbiy kontent va boshqalar bo‘lishi mumkin. Maqolada aynan shu muammolarni hal qilishda profilaktika inspektorining pedagogik jamoa bilan hamkorligi, ota-onalar bilan individual ishlashi, huquqiy targ‘ibot ishlarini olib borishdagi uslublari, o‘quvchilar bilan bevosita muloqoti, ishonchga asoslangan yondashuvi, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlar orqali monitoring olib borish amaliyoti tahlil qilinadi. Profilaktika inspektorining huquqiy savodxonlikni oshirish, oilaviy muhitni barqarorlashtirish, bolalar va o‘smirlar orasida jinoyatchilikni kamaytirishga qaratilgan kompleks ishlari, shuningdek, ta’lim muassasalari bilan doimiy aloqada bo‘lishi uning samarali faoliyat yuritishini ta’minlovchi muhim omillardan biri sifatida ko‘riladi. Maqola yakunida huquqbuzarliklar profilaktikasini takomillashtirish yo‘nalishida amaliy tavsiyalar, qonunchilikdagi bo‘shliqlarni to‘ldirish, mahalliy va davlat organlari o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, shuningdek, ota-onalar bilan ish olib borishda zamonaviy psixologik yondashuvlardan foydalanish zarurligi ta’kidlanadi. Shuningdek, ilg‘or xorijiy tajribalar asosida profilaktik faoliyatni yanada samarali tashkil qilish yo‘llari ko‘rib chiqiladi.
References
Abdurahmonov B. Huquqbuzarliklar profilaktikasi asoslari. — Toshkent: Huquq, 2018.
Karimov O. Yoshlar jinoyatchiligi va uning oldini olish yo‘llari. — Toshkent, 2021.
Rasulov J. Profilaktika inspektorining faoliyati va ijtimoiy himoya tizimidagi roli. — Toshkent, 2019.
Mirzayev D. Ota-onalar va ta’lim muassasalari hamkorligida huquqbuzarlik profilaktikasi. — Toshkent, 2020.