PROFILAKTIKA INSPEKTORINING OZODLIKDAN MAHRUM ETISH BILAN BOGʻLIQ BOʻLMAGAN JAZOLARGA HUKM ETILGAN SHAXSLAR BILAN ISHLASH FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI

PROFILAKTIKA INSPEKTORINING OZODLIKDAN MAHRUM ETISH BILAN BOGʻLIQ BOʻLMAGAN JAZOLARGA HUKM ETILGAN SHAXSLAR BILAN ISHLASH FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI

Authors

  • Yoʻldoshev Shahriyor Anatoliy oʻgʻli OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IIV AKADEMIYASI KURSANTI

Keywords:

Profilaktika inspektori, ozodlikdan mahrum etilmagan jazolar, ijtimoiy moslashuv, qayta ijtimoiylashtirish, huquqiy ong, psixologik yordam, takroriy jinoyatchilikning oldini olish, insonparvarlik, nazorat faoliyati, jamoatchilik bilan hamkorlik, reabilitatsiya, mahalla bilan hamkorlik, zamonaviy texnologiyalar, individual reabilitatsiya dasturlari, profilaktika tizimini takomillashtirish.

Abstract

Ushbu maqola profilaktika inspektorining ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolarga hukm etilgan shaxslar bilan ishlash faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari masalasiga bag‘ishlangan. Hozirgi kunda jinoyat sodir etgan shaxslarni jamiyatdan ajratmasdan, ularning ijtimoiy reabilitatsiyasi va huquqiy ongini oshirishga qaratilgan yondashuvlar davlat siyosatida ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida e’tirof etilgan. Profilaktika inspektorining vazifasi faqat nazorat o‘tkazish bilan cheklanmay, balki shaxsning ijtimoiy hayotga qayta moslashuvi, mehnat faoliyatiga jalb qilinishi, oilaviy va psixologik qo‘llab-quvvatlanishi hamda qayta jinoyat sodir etilishining oldini olishni ham o‘z ichiga oladi. Maqolada mazkur faoliyatni takomillashtirishning huquqiy, psixologik va ijtimoiy asoslari tahlil qilinadi. Shuningdek, zamonaviy texnologiyalar, individual reabilitatsiya dasturlari va jamoatchilik bilan hamkorlik orqali profilaktika tizimini yanada samarali qilish yo‘llari ko‘rib chiqilgan. Ushbu chora-tadbirlar profilaktika inspektorining kasbiy malakasini oshirish, shaxsga individual yondashuvni ta’minlash va jamiyatda huquqiy madaniyatni rivojlantirishga xizmat qiladi.

 

References

Qodirov, Sh. “Profilaktika inspektorining faoliyati va uning samaradorligini oshirish yo‘llari”. – Toshkent, 2020.

Abdullayev, R. “Jinoyat sodir etgan shaxslarning ijtimoiy reabilitatsiyasi”. – Toshkent, 2019.

Karimov, A. “Ozodlikdan mahrum etilmagan jazolarni ijro etishda zamonaviy yondashuvlar”. – Toshkent, 2021.

Rasulov, I. “Ijtimoiy va psixologik reabilitatsiya metodlari profilaktika faoliyatida”. – Toshkent, 2020.

Downloads

Published

2025-11-01
Loading...