VOYAGA YETMAGANLAR TOMONIDAN SODIR ETILADIGAN JINOYATLARNING SODIR ETILISHI SABABLARI, ULARNI VUJUDGA KELTIRUVCHI SHART-SHAROITLAR VA OLDINI OLISH MUAMMOLARI
Keywords:
voyaga yetmaganlar, jinoyatchilik, profilaktika, huquqbuzarlik, ijtimoiy muhit, tarbiya, oilaviy nazorat, yoshlar siyosati, psixologik omillar, huquqiy madaniyat..Abstract
Mazkur ilmiy maqolada voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etiladigan jinoyatlarning kelib chiqish sabablari, ularni yuzaga keltiruvchi ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy va psixologik omillar chuqur tahlil qilinadi. Shuningdek, oiladagi nosog‘lom muhit, ota-onalar nazoratining sustligi, ta’lim muassasalaridagi kamchiliklar, internet va ommaviy axborot vositalarining salbiy ta’siri hamda tengdoshlar bosimining voyaga yetmaganlar xulq-atvoriga ta’siri yoritib beriladi. Maqolada jinoyatchilikning oldini olishning huquqiy, pedagogik va profilaktik mexanizmlari keng ko‘rib chiqilib, ushbu yo‘nalishda davlat organlari, ta’lim muassasalari, mahalla va oilaning o‘zaro hamkorligini kuchaytirish zarurligi asoslab beriladi. Shuningdek, yoshlar o‘rtasida huquqiy madaniyatni oshirish, ma’naviy-tarbiyaviy ishlarni takomillashtirish va psixologik yordam tizimini rivojlantirish orqali jinoyatchilikni kamaytirish bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
References
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. (Yangi tahrir). - Toshkent: “O‘zbekiston”, 2023. - Lex.uz
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi. - Toshkent: “Adolat”, 2025. Lex.uz
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi. - Toshkent: “Adolat”, 2025. - Lex.uz
Mirziyoyev Sh.M. “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi”. - Toshkent: “Tasvir”, 2022.
Rustambayev M.H. “O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat huquqi kursi”. 5 jildlik. (Umumiy va Maxsus qism). - Toshkent: TDYU, 2021-2024.
Kabulov R.K. “Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha sud yurituvining xususiyatlari”. Toshkent: IIV Akademiyasi, 2020.
Ziyodullayev M.Z. "Kriminologiya: O‘quv qo‘llanma". - Toshkent: “Innovatsiya-Ziyo”, 2023.
Yakubov A.S., Tadjixanov U.T. “Kriminologiya”. - Toshkent: Adolat, 2018.
Gulyamov S.S. “Raqamli huquq va kiber-xavfsizlik asoslari”. - Toshkent: TDYU nashriyoti, 2024.
Xalqaro huquqiy hujjatlar to‘plami. “Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konventsiya”.