CHQBT TIZIMIDA MILLIY-MA’NAVIY TARBIYA VA JADID MA’RIFATPARVARLIK G‘OYALARINING O‘ZARO UYG‘UNLIGI
Keywords:
CHQBT, milliy-ma’naviy tarbiya, jadid ma’rifatparvarligi, vatanparvarlik, fuqarolik mas’uliyati, ma’naviy barkamollik, pedagogik integratsiya, harbiy tayyorgarlik.Abstract
Mazkur maqolada chaqiriqqacha harbiy tayyorgarlik (CHQBT) tizimida milliy-ma’naviy tarbiya va jadid ma’rifatparvarlik g‘oyalarining o‘zaro uyg‘unligi ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda CHQBT tizimining tarbiyaviy imkoniyatlari, yoshlarni vatanparvarlik va fuqarolik mas’uliyati ruhida shakllantirishdagi o‘rni hamda jadid mutafakkirlarining pedagogik qarashlari o‘rtasidagi konseptual bog‘liqlik yoritiladi. Shuningdek, milliy-ma’naviy tarbiya jarayonida jadid ma’rifatparvarlarining ilm-ma’rifat, milliy uyg‘onish, axloqiy yetuklik va Vatanga sadoqat g‘oyalaridan foydalanishning ilmiy-pedagogik asoslari ochib beriladi.
Tadqiqotda nazariy (adabiyotlarni tahlil qilish, qiyosiy tahlil, umumlashtirish) hamda empirik (kuzatish, suhbat, ekspert baholash) metodlardan foydalanilgan. Olingan natijalar CHQBT tizimida milliy-ma’naviy tarbiya va jadid pedagogik merosini integratsiya qilish yoshlarning ma’naviy barkamolligi, fuqarolik pozitsiyasi va harbiy-vatanparvarlik kompetensiyalarini rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini tasdiqlaydi.
References
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar siyosatiga oid farmon va qarorlari (2017–2024 yillar).
“Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi” (2022–2026).
Harbiy-vatanparvarlik tarbiyasi va CHQBT bo‘yicha me’yoriy hujjatlar.
Fitrat A. Tanlangan asarlar. – Toshkent: Ma’naviyat, 2008.
Avloniy A. Turkiy guliston yoxud axloq. – Toshkent: O‘qituvchi, 1992.
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni (2020).
Behbudiy M. Ma’rifat va jamiyat haqidagi qarashlar. – ilmiy to‘plam.