CHOR BAKR MAJMUASI – BUXORO ME’MORCHILIK MEROSINING NOYOB NAMUNASI
Abstract
Mazkur maqolada Chor Bakr majmuasining Buxoro me'morchilik merosidagi o'rni, uning vujudga kelish tarixi, me'moriy-kompozitsion tuzilishi hamda tarixiy-madaniy ahamiyati ilmiy manbalar asosida tahlil etilgan. Tadqiqotda majmuaning shakllanish bosqichlari, Juybor xojalari faoliyati, xazira me'morchiligining o'ziga xos jihatlari hamda Shayboniylar davrida bunyod etilgan me'moriy inshootlarning badiiy xususiyatlari yoritilgan. Shuningdek, Chor Bakr majmuasining milliy madaniy merosni asrash, tarixiy xotirani tiklash va me'moriy an'analarni o'rganishdagi ilmiy-amaliy ahamiyati ochib berilgan. Tadqiqot natijalari Chor Bakr majmuasi nafaqat Buxoro me'morchilik maktabining yuksak namunasi, balki O'zbekistonning jahon sivilizatsiyasi xazinasiga qo'shgan bebaho madaniy merosi ekanligini tasdiqlaydi.
References
https://share.google/mJ3jQEKQOV9SsjYhB
Imom Abu Bakr Tarxon (IX asrning ikkinchi yarmi — 945). Kitobi Mullazoda asarida qayd etilishicha, u "Jomeʼ va Musnad" asarini yozgan.
Rajabov Q., Inoyatov S. Buxoro tarixi. — Toshkent: Tafakkur, 2016. — 460 b.
Husenov S., Rajabova I. Chor Bakr. — Toshkent: Sharq, 2001. — 144 b.
Narshaxiy. Buxoro tarixi. — Toshkent, 1966.