NEMIS VA OʻZBEK CHOGʻISHTIRMA TILSHUNOSLIGIDA GASTRONOMIK KOD: BAYRAMONA REALIYALAR LEKSIKASINING LINGVOKULTUROLOGIK TABIATI
Abstract
Ushbu maqolada nemis va oʻzbek chogʻishtirma tilshunosligi kontekstida milliy-taqvimiy bayramlar bilan bogʻliq boʻlgan gastronomik kod va madaniy realiyalar leksikasi lingvokultrologik jihatdan tadqiq etilgan. Izlanishning maqsadi - ikki xalqning bayramona taomnomalarini ifodalovchi til birliklarining semantik, ramziy va konnotativ xususiyatlarini ochib berish hamda ularning madaniy qadriyatlar bilan bogʻliqligini chogʻishtirishdan iborat. Tadqiqot jarayonida oʻzbek madaniyatidagi Navroʻz, Ramazon va Qurbon hayiti hamda nemis madaniyatidagi Rojdestvo (Weihnachten) va Pasxa (Ostern) kabi anʼanaviy tantanalarga xos gastronomik leksika tahlil qilindi. Olingan natijalar bayramona taom nomlari shunchaki utilitar (isteʼmol) vazifasini bajarmasdan, balki xalqlarning milliy mentaliteti, mifologik dunyoqarashi va etnik oʻzligini aks ettiruvchi lisoniy belgilar ekanligini koʻrsatdi. Maqola xulosalari qiyosiy leksikologiya, lingvokultrologiya va madaniyatlararo muloqot amaliyoti uchun ilmiy-nazariy manba boʻlib xizmat qiladi.
References
Маслова В.А. Лингвокультурология. – М.: Академия, 2001. – С. 32–35.
Телия В.Н. Русская фразеология. Семантический, прагматический и лингвокультурологический аспекты. – М.: Языки русской культуры, 1996. – С. 217–220.
Красных В.В. Этнопсихолингвистика и лингвокультурология. – М.: Гнозис, 2002. – С. 12–18.
Воробьев В.В. Лингвокультурология. – М.: РУДН, 2008. – С. 32–40.
Mahmudov N. Tilning mukammal tadqiqi yoʻllarini izlab... – Toshkent: Mumtoz soʻz, 2012. – B. 56–65.
Mamatov A. Oʻzbek tili etnografik leksikasi. – Toshkent: Fan, 1999. – B. 84–102.
Safarov Sh. Kognitiv tilshunoslik. – Toshkent: Sangzor, 2006. – B. 74–89.
Ammon U. Die deutsche Sprache in Deutschland, Österreich und der Schweiz. – Berlin: Walter de Gruyter, 1995. – S. 214–226.
Dudenredaktion. Duden. Das Herkunftswörterbuch. 5. Auflage. – Berlin: Dudenverlag, 2014. – S. 784–790.
Grimm J., Grimm W. Deutsches Wörterbuch. Bd. 23. – Leipzig: S. Hirzel Verlag, 1993 (Nachdruck). – S. 115–126.