PROFILAKTIKA INSPEKTORINING MA’MURIY HUDUDDA KRIMINOGEN VAZIYATNI OʻRGANISH VA TAHLIL QILISH FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH
Abstract
Mazkur maqolada profilaktika inspektorining ma’muriy hududlarda kriminogen vaziyatni o‘rganish va tahlil qilishdagi faoliyati, uning mohiyati hamda samaradorligini oshirish masalalari tahlil qilingan. Kriminogen holatni o‘rganish — jinoyatchilikning sabablari, shart-sharoitlari va tendensiyalarini aniqlash, ularning oldini olish choralarini belgilashda muhim amaliy ahamiyatga ega. Shu nuqtai nazardan, profilaktika inspektorining faoliyatida zamonaviy tahliliy usullar, raqamli texnologiyalar va ma’lumotlar bazalaridan foydalanishning dolzarbligi yoritilgan. Maqolada, shuningdek, jinoyatchilikka qarshi kurashda jamoatchilik, mahalla fuqarolar yig‘ini va boshqa idoralar bilan hamkorlikning o‘rni va ahamiyati ham ko‘rsatib o‘tilgan. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, kriminogen vaziyatni o‘rganishdagi tizimli yondashuv, statistik ma’lumotlarni to‘plash va ularni tahlil qilish, xavfli hududlarni aniqlash hamda ularning sabablarini bartaraf etish huquqbuzarliklarni oldini olishda muhim o‘rin tutadi. Muallif ushbu jarayonni takomillashtirish uchun axborot tizimlari, sun’iy intellekt va ma’lumotlarni monitoring qilish texnologiyalarini joriy etish zarurligini asoslab beradi. Shu bilan birga, profilaktika inspektorlarining kasbiy malakasini oshirish, ularni tahliliy fikrlash va raqamli vositalardan samarali foydalanish ko‘nikmalariga ega qilish masalalari ham muhim yo‘nalish sifatida taklif etiladi.
References
Abduqahhorov, T. Huquqbuzarliklarni oldini olish va jamiyat xavfsizligi. Toshkent: Huquq, 2020.
Islomov, S. Profilaktika tizimi va fuqarolar bilan hamkorlik. Toshkent: IIV Nashriyoti, 2019.
Karimova, N. Davlat boshqaruvi va huquqbuzarliklar profilaktikasi. Toshkent: Akademiya Nashriyoti, 2021.
Murodov, J. Hududiy monitoring va jinoyatchilikni oldini olish. Toshkent: Adabiyot va Huquq, 2021.
Home Office. Crime Prevention and Community Safety. London, 2018