YASHIL TRANSPORT INFRATUZILMASINI RIVOJLANTIRISHGA INVESTITSIYALARNI JALB ETISH ISTIQBOLLARI: O‘ZBEKISTON UCHUN INSTITUTSIONAL VA MOLIYAVIY MEXANIZMLAR
Abstract
Mazkur maqolada yashil transport infratuzilmasini shakllantirish va rivojlantirishga investitsiyalarni jalb etishning iqtisodiy, institutsional hamda moliyaviy mexanizmlari tadqiq etilgan. Tadqiqotda elektromobillar, elektr avtobuslar, quvvatlantirish stansiyalari, temir yo‘llarni elektrlashtirish, ekologik logistika markazlari, intellektual transport tizimlari hamda piyoda-veloinfratuzilmaning “yashil” iqtisodiyotga o‘tishdagi o‘rni yoritilgan. Transport sohasida investitsiyalarni jalb etish faqat texnik infratuzilmani yangilash bilan cheklanmasligi, balki energiya tizimi, shaharsozlik, ekologik siyosat va raqamli boshqaruv bilan uzviy bog‘langan holda olib borilishi lozimligi yoritilgan.
References
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-martdagi 166-son qarori. “Atmosfera havosiga transport vositalarining salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”.
United Nations Framework Convention on Climate Change. Uzbekistan Third Nationally Determined Contribution (NDC 3.0). 2025.
World Bank. Uzbekistan: Building Blocks for Integrated Transport and Logistics Development. Policy Paper. Washington, DC, 2020.
World Bank. Public Transport Improvement Roadmap for the Tashkent Region. Washington, DC, 2026.
Asian Development Bank. Uzbekistan: Country Partnership Strategy, 2024–2028. Manila, 2024.
Asian Development Bank. Sustainable Urban Transport Project. Project No. 58477-001.
International Energy Agency. Global EV Outlook 2025. Paris, 2025.
O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi. Elektromobillar importi bo‘yicha rasmiy statistik ma’lumotlar. 2024.
World Bank. Electric Mobility in Developing Countries. Washington, DC, 2026.
International Energy Agency. Strategy for the Transition to a Green Economy for the 2019–2030 Period: Uzbekistan. 2025.