YOSHLARNING O‘ZINI O‘ZI BAHOLASHI VA SHAXSIY RIVOJLANISHI
Abstract
Ushbu maqolada yoshlarning o‘zini o‘zi baholash darajasi va uning shaxsiy rivojlanish jarayonidagi o‘rni ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. O‘zini o‘zi baholash shaxsning o‘z imkoniyatlari, qobiliyatlari, xulq-atvori hamda ijtimoiy mavqeini baholashga asoslangan muhim psixologik jarayon hisoblanadi. Tadqiqot davomida o‘zini o‘zi baholashning adekvat, yuqori va past darajalari, ularning shaxsiy kamolot, motivatsiya, o‘ziga bo‘lgan ishonch, emotsional barqarorlik hamda ijtimoiy moslashuvga ta'siri yoritilgan. Shuningdek, yoshlar shaxsini rivojlantirishda oilaviy muhit, ta'lim tizimi, tengdoshlar guruhi va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining ahamiyati tahlil qilingan. Maqolada yoshlarning sog‘lom o‘zini o‘zi baholashini shakllantirishga xizmat qiluvchi psixologik tavsiyalar ham keltirilgan.
References
Bandura, A. Self-Efficacy: The Exercise of Control. New York: W. H. Freeman, 1997.
Harter, S. The Construction of the Self: Developmental and Sociocultural Foundations. New York: Guilford Press, 2012.
G‘oziyev, E. G‘. Umumiy psixologiya. – Toshkent: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2010.