IQTISODIYOT YO‘NALISHIDAGI TALABALARDA INGLIZ TILIDA SPEAKING KO‘NIKMASINI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY VA AMALIY ASOSLARI
Keywords:
iqtisodiyot, ingliz tili, speaking ko‘nikmasi, ESP, biznes kommunikatsiya, interaktiv metodlar, kommunikativ kompetensiyaAbstract
Mazkur ilmiy maqolada iqtisodiyot yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarda ingliz tilida og‘zaki nutq (speaking) ko‘nikmasini rivojlantirishning nazariy asoslari va amaliy mexanizmlari kompleks tarzda tahlil qilinadi. Hozirgi globallashuv sharoitida ingliz tilining xalqaro iqtisodiy kommunikatsiyadagi o‘rni ortib borayotgani sababli, iqtisodchi mutaxassislar uchun ushbu tilni, ayniqsa, erkin muloqot darajasida egallash zarurati kuchaymoqda.Tadqiqot doirasida English for Specific Purposes [ESP] yondashuvi, kommunikativ til o‘qitish modeli hamda interaktiv metodlarning speaking ko‘nikmasini rivojlantirishdagi samaradorligi ilmiy manbalar asosida o‘rganildi. Shuningdek, talabalar nutq faoliyatiga ta’sir etuvchi lingvistik, pedagogik va psixologik omillar tahlil qilindi.O‘tkazilgan pedagogik tajriba natijalari shuni ko‘rsatdiki, kasbiy yo‘naltirilgan mashg‘ulotlar, xususan biznes muzokaralari, prezentatsiyalar, “case study” va debatlar talabalar nutq kompetensiyasini sezilarli darajada oshiradi. Shu bilan birga, o‘quv jarayonida ijobiy psixologik muhit yaratish va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish speaking ko‘nikmasini shakllantirishda muhim omil hisoblanadi.Mazkur tadqiqot natijalari iqtisodiyot yo‘nalishida ingliz tilini o‘qitish metodikasini takomillashtirish hamda talabalarining professional kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qiladi.
References
Hutchinson, T., Waters, A. (1987). English for Specific Purposes: A Learning-Centred Approach. Cambridge: Cambridge University Press.
Brown, H. D. (2000). Principles of Language Learning and Teaching. 4th edition. New York: Longman.
Harmer, J. (2007). How to Teach English. London: Longman.
Ellis, M., Johnson, C. (1994). Teaching Business English. Oxford: Oxford University Press.
Dudley-Evans, T., St John, M. J. (1998). Developments in English for Specific Purposes. Cambridge: Cambridge University Press.
Richards, J. C. (2006). Communicative Language Teaching Today. Cambridge: Cambridge University Press.
Goh, C. C. M., Burns, A. (2012). Teaching Speaking: A Holistic Approach. Cambridge: Cambridge University Press.
Krashen, S. D. (1982). Principles and Practice in Second Language Acquisition. Oxford: Pergamon Press.