DAVOLOVCHI JISMONIY TARBIYANING ORGANIZMGA TA’SIRI
Аннотация
Davolovchi jismoniy tarbiya ― bu inson organizmiga, turli tizim va a’zolar faoliyatiga jismoniy mashqlar va harakatlar yordamida ta’sir etuvchi dastur. Bu kompleks individual ravishda har bir bemorga alohida e’tibor berib, tashxisiga, xastalik darajasiga, a’zo va tizimlarning faoliyati qanchalik buzilishiga, bemor yoshiga bog‘liq holda buyuriladi. Jismoniy mashqlar ta’sirida bemor organizmining hayotiy funksiyalari faollashadi va bosh miya yarim sharlari po‘stlog‘ida qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlari yaxshilanadi. Bu esa barcha a’zolar tizimlari o‘rtasida, normal munosabatlar o‘rnatiladi. Davolovchi jismoniy tarbiya odatda, bemorga kompleks davolashda boshqa qator usullar bilan birga qo‘llaniladi. (Masalan, fizioterapevtik muolaja). Davolash jarayonida organizmning turli funksiyalari koordinatsiyasi tiklanadi (ayniqsa, asab tizimi kasalliklarida). Yotib qolgan bemorlarni davolashda tananing patologik jarayondan xoli qismlarini mashq qildirish zarur. Ortapedik kasalliklar – sinishchiqishlarda esa, aksincha, faoliyati buzilgan, holati qisman chegaralanib, qolgan qismlarni asta-sekinlik bilan ishlatib mashqlar bajariladi. Bu o‘z navbatida a’zodagi qon aylanishining funksional faoliyatini tiklaydi. Nafas a’zolari kasalliklarida ham nafas tizimi silliq muskullari uchun foydali bo‘lgan mashqlar bajarilganda, silliq muskullar chiniqadi va mustahkamlanadiO‘pka ekskursiyasi takomillashib (to‘liq ravishda bajarilib) spazm va yallig‘lanishlarga qarshi kurashadi, nafas olish a’zolarida qon aylanishi yaxshilanadi va gaz almashinuviga ijobiy ta’sir etadi, bu esa butun organizmning kislorod bilan ta’minlanishini kuchaytiradi va yaxshilaydi. Jismoniy mashqlar me’da-ichak apparati faoliyatini yaxshilaydi, peristaltika (harakatlanishi)ni kuchaytiradi. Sekretor (ferment ishlab chiqarish) funksiyalarini kuchaytiradi, qorin pressi mushaklarini kuchaytiradi. Umumiy mashqlar organizmda qon aylanishini, energiya sarflanishi va moddalar almashinuvini kuchaytiradi, teri osti yog‘lari va qand moddasining yonishi kuchayadi.
Библиографические ссылки
Ilxo‘jayeva K.E., Xudoyberganova B.T. Fizioterapiya va tibbiy reabilitatsiya. T., 2004.
F.SH. Bahadirova,Reabilitatsiya,massj va mehnat bilan davolash.