FIZIK-KIMYOVIY EKSPERTIZANING AHAMIYATI
Ключевые слова:
Fizik-kimyoviy ekspertiza, modda tarkibi, tahlil usullari, spektroskopiya, xromatografiya, sud ekspertizasi, ekologik nazorat, sifat baholash, laboratoriya tadqiqotlari, tahlil aniqligi.Аннотация
Fizik-kimyoviy ekspertiza — bu moddalar va materiallarning tarkibi, tuzilishi hamda ularning fizik va kimyoviy xossalarini aniqlashga qaratilgan ilmiy-tadqiqot faoliyatidir. Ushbu ekspertiza turi sud-tibbiyot, kriminalistika, ekologiya, farmatsevtika, oziq-ovqat xavfsizligi va sanoat tarmoqlarida keng qo‘llaniladi. Fizik-kimyoviy tahlil yordamida namunalarning kelib chiqishi, sofligi, sifati va texnologik jarayonlarda yuzaga kelgan o‘zgarishlar aniqlanadi. Shuningdek, ekspertiza jinoyatlarni fosh etish, noqonuniy mahsulotlarni aniqlash, atrof-muhit ifloslanishini nazorat qilishda muhim ahamiyatga ega. Zamonaviy usullar — spektroskopiya, xromatografiya, termik tahlil va rentgenostrukturaviy tadqiqotlar fizik-kimyoviy ekspertizaning ishonchliligi va aniqligini oshiradi. Shu bois, fizik-kimyoviy ekspertiza fan va amaliyotning turli sohalarida muhim diagnostik vosita sifatida xizmat qiladi.
Библиографические ссылки
O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi. Fizik kimyoviy ekspertiza bo‘yicha metodik qo‘llanma. Toshkent, 2019.
Rustamov, H. Fizik kimyo o‘quv qo‘llanmasi. Toshkent: SamDUK nashriyoti, 2023.
Qodirov, F. Laboratoriya metodlari va fizik kimyoviy tahlil. Toshkent: Fan, 2019.
INTERPOL. Forensic Chemistry in Practice: International Guidelines and Case Studies. 2022.
Sobirov, A. Jinoyatlarni ochishda kimyoviy va fizik metodlar. Toshkent: Ilm, 2021.