PROFILAKTIKA INSPEKTORINING NOQONUNIY DINIY FAOLIYAT BOʻYICHA HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASINI TA’MINLASHDA DAVLAT ORGANLARI BILAN HAMKORLIGINI TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI
Kalit so‘zlar:
profilaktika inspektori, noqonuniy diniy faoliyat, huquqbuzarliklar profilaktikasi, davlat organlari bilan hamkorlik, idoralararo axborot almashinuvi, diniy ekstremizm, radikalizm, diniy vaziyat monitoringi, profilaktika choralari, ma’rifiy ishlar, elektron hamkorlik platformasi, huquqni muhofaza qilish organlari, jamoatchilik bilan ishlash.Annotatsiya
Mazkur maqolada profilaktika inspektorining noqonuniy diniy faoliyat bilan bog‘liq huquqbuzarliklarning oldini olish jarayonida davlat organlari bilan o‘zaro hamkorligini takomillashtirish masalalari yoritilgan. Unda diniy ekstremizm va radikalizmning zamonaviy ko‘rinishlari, ularning mahalliy darajadagi xavf omillari, shuningdek profilaktika inspektorlari zimmasiga yuklatilgan nazorat, tushuntirish va monitoring vazifalarining amaliy ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqotda mavjud normativ-huquqiy asoslar, davlat va jamoatchilik institutlari ishtirokida olib borilayotgan kompleks profilaktika choralari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining huquqbuzarliklar profilaktikasida tutgan o‘rni ham ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, maqolada tizimlararo hamkorlikning sustligi, ma’lumot almashinuvidagi uzilishlar, ayrim hududlarda diniy vaziyat monitoringining yetarli darajada olib borilmayotgani kabi dolzarb muammolar ochib beriladi. Muallif profilaktika inspektorlari faoliyatini takomillashtirish maqsadida davlat organlari bilan integratsiyalashgan elektron platformalar yaratish, malaka oshirish tizimini modernizatsiya qilish, hamkor idoralar o‘rtasida yagona kommunikatsion standartlar joriy etish, mahallalarda diniy-ma’rifiy muhitni kuchaytirish bo‘yicha aniq takliflar beradi. Tadqiqot natijalari noqonuniy diniy faoliyat profilaktikasida samaradorlikni oshirish va idoralararo hamkorlik mexanizmlarini mustahkamlashga qaratilgan.
Foydalaniladigan adabiyotlar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyuldagi PQ–5198-son Qarori “Prokuratura organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan tasdiqlangan “Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha kompleks dastur”, Toshkent, 2022-yil.
Jo‘rayev, B. Prokuror nazoratining huquqiy asoslari va uning zamonaviy yo‘nalishlari. – Toshkent: TDYU nashriyoti, 2020.
Sayfutdinov, R. Huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimini takomillashtirishda prokuratura organlarining o‘rni. – “Huquq va burch” jurnali, №4, 2021.