IQLIM O’ZGARISHI VA UNING MARKAZIY OSIYOGA TA’SIRI
Ключевые слова:
iqlim o‘zgarishi, Markaziy Osiyo, global isish, qurg‘oqchilik, suv resurslari, ekologik muammolar, barqaror rivojlanish.Аннотация
Mazkur maqolada global iqlim o‘zgarishining Markaziy Osiyo mintaqasiga ko‘rsatayotgan ta’siri ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Xususan, haroratning oshishi, yog‘in miqdorining o‘zgarishi, qurg‘oqchilik jarayonlarining kuchayishi hamda muzliklarning qisqarishi kabi omillar mintaqaning ekologik muvozanati, suv resurslari, qishloq xo‘jaligi va aholi turmush darajasiga ta’siri yoritib beriladi. Shuningdek, iqlim o‘zgarishiga moslashish va uning salbiy oqibatlarini kamaytirish bo‘yicha mintaqaviy hamkorlikning ahamiyati asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari Markaziy Osiyo davlatlarida barqaror rivojlanishni ta’minlashda ilmiy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qiladi.
Библиографические ссылки
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi. Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining milliy hisobotlari. Toshkent, 2020–2023.
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi. Suv resurslaridan oqilona foydalanish va suv tejovchi texnologiyalar. Toshkent, 2022.
Abdurahmonov Q.H., Xoliqulov A.A. Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi. Toshkent: Fan va texnologiya, 2019.
Jo‘rayev N., Tursunov Sh. Barqaror rivojlanish va ekologik xavfsizlik. Toshkent: Akademnashr, 2020.
Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturi. Orolbo‘yi — ekologik innovatsiyalar hududi. Toshkent, 2019.
Rasulov A., Islomov B. Iqlim o‘zgarishi sharoitida Markaziy Osiyoda suv muammolari. Toshkent: Fan, 2021.