‘’MA’RIFAT OSMONINING SO’NMAS YULDUZI’’
Ключевые слова:
Pedagog, xalq ta’limi,Аннотация
Ushbu maqolada xalq ta’limi fidoyisi, mohir pedagog va notiq, "Xalq ta’limi a’lochisi" Qurbonboy Nabiyevning sermazmun hayot yo‘li va pedagogik merosi haqida so‘z yuritaman. Maqola muallifi – ustozning nabirasi sifatida, bobomizning nafaqat tarix va geografiya fanlari bilimdoni, balki jamiyatda yuksak e’tibor qozongan jamoat arbobi hamda oilamizning ma’naviy ustuni bo‘lganliklarini arxiv ma’lumotlari va oilaviy xotiralarimiz orqali yoritib berishni maqsad qildim.
Bobomizning hayot maktabi, u kishining o‘z kasbiga bo‘lgan sadoqati va biz nabiralariga qoldirgan boy ma’naviy o‘gitlari bugungi kunda ham yo‘limizni yorituvchi mayoq bo‘lib xizmat qilmoqda. Maqola fidoyi bir ustozning xotirasini abadiylashtirish va uning ibratli faoliyatini kelajak avlodga yetkazish niyatida tayyorlandi.