TALABALARDA XOTIRA JARAYONLARINING FAOLlASHUVI VA O‘QUV FAOLIYATIDAGI AHAMIYATI
Kalit so‘zlar:
xotira, bilish jarayonlari, psixologik omillar, eslab qolish, qayta tiklash, motivatsiya, yosh psixologiyasi.Annotatsiya
Ushbu ilmiy tezis talabalarda xotira jarayonlarining shakllanishi, rivojlanishi va o‘quv faoliyatidagi ahamiyatini psixologik nuqtai nazardan chuqur o‘rganishga bag‘ishlangan. Xususan, eslab qolish, saqlash va qayta tiklash mexanizmlarining yoshga oid xususiyatlari, xotiraning qisqa muddatli, uzoq muddatli va ixtiyoriy turlari o‘rtasidagi farqlar, ta’lim samaradorligiga ta’sir qiluvchi psixologik hamda fiziologik omillar tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida talabalar xotira jarayonlariga ta’sir ko‘rsatadigan tashqi (raqamli texnologiyalar, o‘quv yuklamasi, stress, informatsion bosim) va ichki (diqqat, motivatsiya, emotsional holat, uyqu sifati) omillar o‘rganildi.
Tadqiqot 60 nafar talaba ishtirokida psixologik testlar, suhbat, kuzatuv hamda statistik tahlil metodlari orqali amalga oshirildi. Olingan natijalar shuni ko‘rsatadiki, talabalarda xotira jarayonlarining faolligi ularning bilimlarni o‘zlashtirish tezligi, o‘quv motivatsiyasi va akademik ko‘rsatkichlari bilan bevosita bog‘liq. Xotirani rivojlantirish bo‘yicha tavsiya etilgan psixologik metodlar ta’lim jarayonining samaradorligini oshiradi.
Foydalaniladigan adabiyotlar
Ananev B.G. “Psixologik diagnostika asoslari”. Moskva, 2018.
Zokirova R. “Umumiy psixologiya”. Toshkent: TDPU, 2020.
Baddeley A. “Human Memory: Theory and Practice”. Oxford, 2017.