SUN’IY INTELLEKT ORQALI FATVO BERISH TIZIMINING DINIY VA HUQUQIY ASOSLARI
Kalit so‘zlar:
sun’iy intellekt, fatvo, ijtihod, fiqh, diniy chatbot, elektron fatvo, islom huquqi, axborot xavfsizligi, raqamli texnologiyalar, muftiy.Annotatsiya
Mazkur maqolada sun’iy intellekt orqali fatvo berish tizimining diniy va huquqiy asoslari ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda sun’iy intellekt texnologiyalarining zamonaviy jamiyat hayotidagi o‘rni, uning diniy sohada qo‘llanish imkoniyatlari hamda fatvo tizimiga ta’siri yoritib berilgan. Shuningdek, sun’iy intellektning Qur’on qidiruv tizimlari, hadis bazalari, diniy chatbotlar va elektron fatvo platformalaridagi amaliy qo‘llanilishi tahlil qilingan. Maqolada fatvo chiqarish jarayonining islom huquqidagi o‘rni, ijtihodning murakkabligi hamda muftiy va faqihlarning mas’uliyati ilmiy manbalar asosida asoslab berilgan. Sun’iy intellekt tizimlarining diniy ma’lumotlarni tezkor qayta ishlash va foydalanuvchilarga qulaylik yaratishdagi afzalliklari bilan bir qatorda, noto‘g‘ri diniy hukmlar chiqarish, ma’lumotlarning ishonchliligi, axborot xavfsizligi va huquqiy javobgarlik bilan bog‘liq muammolar ham ko‘rib chiqilgan.. Tadqiqot natijalari sun’iy intellektdan diniy sohada foydalanishning ilmiy-huquqiy asoslarini takomillashtirish, diniy axborot xavfsizligini ta’minlash hamda zamonaviy texnologiyalarni an’anaviy fiqhiy bilimlar bilan uyg‘unlashtirishda muhim ilmiy manba sifatida xizmat qiladi.
Foydalaniladigan adabiyotlar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Sunʼiy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida qarori, 14.10.2024 yildagi PQ-358-son. – www.lex.uz.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 22.10.2025 yildagi PF-189-son. – https://lex.uz/
Kalandarov P.I. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish: darslik. – Toshkent: TIQXMMI, 2021. – 350 b.
Sultanov R.O., Matyakubov K.K. Robototexnika asoslari: o‘quv qo‘llanma. – Toshkent: Nihol print, 2023. – 320 b.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Fiqhiy yo‘nalish va kitoblar. – Toshkent: Hilol-nashr, 2022. – 400 b.
Qur’oni karim ma’nolarining tarjima va tafsiri / tarjima va tafsir muallifi: Abdulaziz Mansur. – Toshkent: Toshkent islom universiteti, 2012. – 500 b.
Qur’oni karim ma’nolarining tarjima va tafsiri. – Toshkent: Toshkent islom universiteti, 2004. – 500 b.
Islom huquqshunosligi (Fiqh): o‘quv qo‘llanma / J. Toshqulov va boshq. – Toshkent: Toshkent islom universiteti, 2014. – 350 b.
Razzoqova M. Mavlono Ya’qub Charxiy (ilmiy merosi). – Toshkent: Muharrir, 2013. – 300 b.
Haydarov M.M. Zamonaviy fiqhiy masalalar: o‘quv qo‘llanma. – Toshkent: Tafakkur nashriyoti, 2024. – 350 b.
Abdulvahhob Xallof. Usulul fiqh. – Toshkent: Adolat, 1999. – 400 b.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Usulul fiqh. – Toshkent: Sharq, 2010. – 500 b.
Abdulhamid Tursun. Ijtihod nima? // Hidoyat jurnali, 2008. – 300 b.
Nashr qilingan
##submission.versions##
- 2026-05-24 (3)
- 2026-05-24 (2)
- 2026-05-01 (1)