O'ZBEK VA INGLIZ TILLARIDA FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING SEMANTIK-STRUKTUR XUSUSIYATLARI
Annotatsiya
Ushbu maqolada o'zbek va ingliz tillaridagi frazeologik birliklarning semantik va struktur xususiyatlari qiyosiy-tipologik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Tadqiqotda ikki til frazeologizmlarining ma'no shakllanish jarayonlari, komponentlar orasidagi bog'lanish turlari, shuningdek ularning struktur-grammatik tuzilishidagi o'xshashlik va farqlar yoritiladi. Frazeologik birliklar tilning milliy-madaniy xususiyatlarini aks ettiruvchi eng boy qatlamlardan biri sifatida qaraladi. Maqolada somatik, zoonimik va rangga oid frazeologizmlar misolida semantik tahlil o'tkazilgan bo'lib, ularning tarjima jarayonidagi ekvivalentlik darajasi ham ko'rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari chet tillarni o'qitish, tarjimashunoslik va qiyosiy lingvistika sohalarida amaliy ahamiyatga ega.
Foydalaniladigan adabiyotlar
Rahmatullayev Sh. O'zbek tilining izohli frazeologik lug'ati. - Toshkent: O'qituvchi, 2012.
Mamatov A. O'zbek tili frazeologizmlarining shakllanishi masalalari. - Toshkent: Fan, 1999.
Baker M. In Other Words: A Coursebook on Translation. - London: Routledge, 2011.
Cowie A.P. Phraseology: Theory, Analysis, and Applications. - Oxford: Clarendon Press, 1998.
Кунин А. В. Англо-русский фразеологический словарь. — Москва: Русский язык, 1984.