YANGI OʻZBEKISTONDA PREZIDENT ADMINISTRATSIYASINING HUQUQIY MAQOMI VA DAVLAT BOSHQARUVINI MUVOFIQLASHTIRISH: O‘ZBEKISTON VA XORIJIY DAVLATLAR TAJRIBASI

YANGI OʻZBEKISTONDA PREZIDENT ADMINISTRATSIYASINING HUQUQIY MAQOMI VA DAVLAT BOSHQARUVINI MUVOFIQLASHTIRISH: O‘ZBEKISTON VA XORIJIY DAVLATLAR TAJRIBASI

Mualliflar

  • Lutfullayeva Feruza Boboqulovna Mustaqil izlanuvchi flutfullayeva578@gmail.com;

Kalit so‘zlar:

Prezident Administratsiyasi, davlat boshqaruvi, huquqiy maqom, davlat organi, muvofiqlashtirish, Prezident vakolatlari, ijro nazorati, davlat hokimiyati, qiyosiy-huquqiy tahlil.

Annotatsiya

Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining huquqiy maqomi, davlat boshqaruvi tizimidagi o‘rni va davlat hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtirishdagi roli tadqiq etiladi. Tadqiqotning asosiy maqsadi O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 14-avgustdagi O‘RQ-1166-son “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonuni asosida Prezident Administratsiyasining huquqiy maqomi, vazifalari va vakolatlarini tahlil qilish hamda ushbu institutning ayrim xorijiy davlatlardagi o‘xshash institutsional mexanizmlar bilan qiyosiy-huquqiy xususiyatlarini aniqlashdan iborat. Tadqiqotda formal-yuridik, tizimli, qiyosiy-huquqiy va funksional tahlil metodlaridan foydalanildi. Tadqiqot natijasida Prezident Administratsiyasi Prezident vakolatlarini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlovchi, davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishi va hamkorligiga ko‘maklashuvchi hamda Prezident hujjatlari ijrosini muvofiqlashtirish va monitoring qilishga vakolatli davlat organi sifatida huquqiy jihatdan mustahkamlanganligi aniqlandi. Shuningdek, O‘zbekiston modeli Qozog‘iston, Rossiya va Fransiya tajribasi bilan qiyosiy tahlil qilinib, Prezident Administratsiyasi faoliyatida vakolatlarning aniq chegaralanishi, muvofiqlashtirish va ijro nazorati o‘rtasidagi nisbat, ochiqlik va hisobdorlik masalalariga e’tibor qaratildi.

Foydalaniladigan adabiyotlar

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. Yangi tahrir, 2023-yil 30-aprel.

O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 14-avgustdagi O‘RQ-1166-son “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonuni.

OECD. OECD Public Governance Reviews: Uzbekistan. Paris: OECD Publishing, 2024.

Constitution of the French Republic, 1958.

Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar.

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Administratsiyasi faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar.

##submission.downloads##

Nashr qilingan

2026-09-01
Loading...