MAMLAKAT BANKLARI TOMONIDAN ALOQA SOHASINI MOLIYALASHTIRISHDAGI MAVJUD MUAMMOLAR VA ULARNI BARTARAF ETISH YO‘LLARI

MAMLAKAT BANKLARI TOMONIDAN ALOQA SOHASINI MOLIYALASHTIRISHDAGI MAVJUD MUAMMOLAR VA ULARNI BARTARAF ETISH YO‘LLARI

Authors

  • Rоziqоv Behzоd Bаhrоm о‘g‘li Fаn vа texnоlоgiуаlаr universiteti, “Iqtisоdiуоt” kаfedrаsi dоtsenti, iqtisоdiуоt fаnlаri bо‘уichа fаlsаfа dоktоri (РhD) Tоshkent dаvlаt iqtisоdiуоt universiteti mustаqil izlаnuvchisi Orcid [0009-0009-7693-3288]
  • Avazov Obit Maxamatovich Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti mustaqil izlanuvchisi

Keywords:

aloqa sohasi, bank krediti, investitsiya loyihalari, loyiha moliyalashtirish, kredit riski, telekommunikatsiya infratuzilmasi, davlat-xususiy sheriklik, moliyaviy innovatsiyalar, uzoq muddatli resurslar, garov ta’minoti

Abstract

mazkur ilmiy maqolada mamlakat banklari tomonidan aloqa sohasini moliyalashtirish jarayonidagi mavjud muammolar, ularning iqtisodiy va institutsional omillari hamda ushbu muammolarni bartaraf etish yo‘llari tahlil qilinadi. Xususan, telekommunikatsiya infratuzilmasining yuqori kapitallik darajasi, uzoq muddatli investitsiya ehtiyoji, kredit risklarining yuqoriligi, garov ta’minoti bilan bog‘liq cheklovlar, innovatsion loyihalarni baholash mexanizmlarining yetarli darajada shakllanmaganligi kabi masalalar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, bank kredit siyosatining aloqa tarmog‘i xususiyatlariga to‘liq mos emasligi, uzoq muddatli resurs bazasining yetishmasligi va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarining cheklanganligi asosiy muammolar sifatida aniqlanadi. Tadqiqot doirasida xalqaro tajriba asosida imtiyozli kreditlash, davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini kengaytirish, loyiha moliyalashtirish instrumentlarini joriy etish, risklarni sug‘urtalash va kafillik fondlarini rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi. Natijada, aloqa sohasini barqaror va samarali moliyalashtirish uchun bank tizimi va real sektor o‘rtasidagi integratsiyani kuchaytirish, moliyaviy innovatsiyalarni joriy etish hamda institutsional islohotlarni chuqurlashtirish zarurligi asoslab beriladi.

References

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi PF-6079-son Farmoni. “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”. – Toshkent, 2020.

Rozanova N.M., Bulichenko D.A. [Competition in the telecommunications industry: the network market and product differentiation]. TERRA ECONOMICUS, 2011, vol. 9, no. 1, pp. 17-32.

https: worldbank.org/curated/en/ World Bank — Infrastructure Monitor 2024 (global trends in private infrastructure investment).

Yescombe, E.R. (2014). Principles of Project Finance.

Gatti, S. (2013). Project Finance in Theory and Practice.

Modigliani, F., & Miller, M. (1958). The Cost of Capital, Corporation Finance and the Theory of Investment. American Economic Review.

Brealey, R., Myers, S., & Allen, F. (2020). Principles of Corporate Finance. McGraw-Hill.

Rasulov B. Raqamli iqtisodiyot sharoitida moliyaviy sektorni rivojlantirish. – Toshkent: Iqtisodiyot.

Teshaboyev A. Tijorat banklarida investitsion faoliyat. – Toshkent.

Downloads

Published

2026-04-01
Loading...