O’ZBEKISTONDA KAM TA’MINLANGAN OILALARNI QO’LLAB-QUVVATLASH MEXANIZMLARI
Keywords:
Temir daftar, Yoshlar daftari, Kam taʼminlangan oilalar, Ijtimoiy tenglik, Oila kodeksi, Ayollar daftari, Ta’lim va sog‘liqni saqlash, Mahalla yettiligi, Ijtimoiy himoya yagona reyestriAbstract
Ushbu maqolada Oʻzbekistonda ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. Aholining kam taʼminlangan qatlamlarini qoʻllab-quvvatlash, ularning turmush darajasini yaxshilash va ijtimoiy tenglikni taʼminlash bugungi kunda dolzarb masalalardan biridir. Ayniqsa, iqtisodiy islohotlar jarayonida ayrim oilalarning daromad darajasi pastligi ularni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash zaruratini yanada kuchaytirmoqda. Soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda kam taʼminlangan oilalarni aniqlash, ularga manzilli yordam koʻrsatish va ijtimoiy xizmatlar bilan qamrab olish boʻyicha samarali mexanizmlar joriy etilmoqda. Jumladan, “temir daftar”, “ayollar daftari” va “yoshlar daftari” tizimlari orqali ehtiyojmand aholini roʻyxatga olish hamda ularga individual yondashuv asosida yordam berish amaliyoti yoʻlga qoʻyildi. Bundan tashqari, nafaqa va moddiy yordamlar, bandlikni taʼminlash dasturlari, kasb-hunar oʻrgatish hamda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimi kengaytirilib bormoqda. Mazkur maqolada Oʻzbekistonda kam taʼminlangan oilalarni qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarining mohiyati, ularning amaliy jihatlari hamda samaradorligini oshirish yoʻllari tahlil qilinadi.
References
Milliy taraqqiyot yoʼlimizni qatʼiyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga koʼtaramiz. -J. I. Toshkent. O‘zbekiston, 2018
Munavvarov A.K. Oila pedagogikasi. Т., O'qituvchi. 1994
https://ilmiyanjumanlar.uz/uploads/conferences/00125/125_i_20251116_184747_2%20(26).pdf -maqola
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/19/socialservice/?utm_source=perplexity
PF-938-сон 23.08.1994. Kam taʼminlangan oilalarni ijtimoiy himoyalashni kuchaytirishga oid tadbirlar toʻgʻrisida