MAKTUBLAR, SHE’RLAR, DRAMALAR VA VARAQALARDAN ADABIY VOSITALAR SIFATIDA FOYDALANISH
Keywords:
Reformatsiya davri, adabiyot, Martin Lyuter, maktublar, she’rlar, dramalar, varaqalar, diniy islohot, ommaviy kommunikatsiya, axloqiy qadriyatlar, ijtimoiy tanqid, falsafiy tafakkur, bosmaxona, reformatsion g‘oyalar.Abstract
Ushbu maqolada Reformatsiya davrida adabiyotning jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Xususan, maktublar, she’rlar, dramalar hamda varaqalarning diniy, axloqiy va ijtimoiy g‘oyalarni targ‘ib qilishdagi vazifalari yoritiladi. Martin Lyuter va boshqa reformatorlarning asarlari misolida adabiyotning ommaviy kommunikatsiya vositasi sifatidagi roli ko‘rsatib beriladi. Tadqiqot davomida Reformatsiya davri adabiyoti nafaqat badiiy vosita, balki xalq ongini shakllantirish, diniy islohotlarni yoyish va jamiyatdagi muammolarni tanqidiy yoritishda muhim omil bo‘lgani asoslab beriladi. Shuningdek, maktublar shaxsiy va ijtimoiy muloqot vositasi, she’rlar hissiy-ta’sirchan tarbiya vositasi, dramalar ijtimoiy ziddiyatlarni aks ettiruvchi sahna san’ati, varaqalar esa tezkor axborot tarqatish vositasi sifatida tahlil qilinadi.