IQLIM O‘ZGARISHI VA UNING INSONIYAT HAYOTIGA TA’SIRI
Abstract
Bugungi kunda iqlim o‘zgarishi butun dunyoni tashvishga solayotgan eng muhim muammolardan biri hisoblanadi. Yer yuzida haroratning oshib borishi, qurg‘oqchilik, suv tanqisligi, kuchli yog‘ingarchiliklar va turli tabiiy ofatlarning ko‘payishi iqlim o‘zgarishining asosiy oqibatlari hisoblanadi. Ushbu muammo nafaqat tabiatga, balki insonlarning kundalik hayoti, salomatligi va iqtisodiy faoliyatiga ham katta ta’sir ko‘rsatmoqda.