KELAJAK SARI DADIL QADAM: OʻZBEKISTONDA XOTIN-QIZLAR UCHUN YARATILAYOTGAN YANGI IMKONIYATLAR

KELAJAK SARI DADIL QADAM: OʻZBEKISTONDA XOTIN-QIZLAR UCHUN YARATILAYOTGAN YANGI IMKONIYATLAR

Authors

  • Nozima Ziyodilloyeva

Abstract

Bugungi kunda Oʻzbekistonda xotin-qizlarning taʼlim olishi, kasbiy rivojlanishi va jamiyatdagi oʻrnini mustahkamlash masalalari davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. Soʻnggi yillarda ayollarni qoʻllab-quvvatlash, ularning huquqlarini taʼminlash hamda zamonaviy bilim va kasblarni egallashi uchun qator muhim islohotlar amalga oshirildi. Ushbu imkoniyatlar minglab qizlarning orzularini roʻyobga chiqarishiga xizmat qilmoqda. Taʼlim sohasida xotin-qizlar uchun yaratilgan eng muhim imkoniyatlardan biri – oliy taʼlimga kirish va oʻqishni davom ettirish uchun berilayotgan imtiyozlardir. Xususan, 2022-yildan boshlab magistratura bosqichida tahsil olayotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt toʻlovlari davlat budjeti hisobidan qoplab berilishi yoʻlga qoʻyildi. Mazkur tashabbus tufayli yuzlab qizlar moliyaviy qiyinchiliklarsiz ilmiy faoliyat bilan shugʻullanish imkoniyatiga ega boʻldi. Bundan tashqari, ehtiyojmand oilalardan chiqqan va yaxshi oʻqishga intilayotgan qizlar uchun har yili alohida davlat grantlari ajratilib kelinadi. Natijada oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan xotin-qizlar soni sezilarli darajada ortdi. Bugungi kunda qizlar nafaqat pedagogika yoki tibbiyot, balki muhandislik, axborot texnologiyalari, iqtisodiyot va xalqaro munosabatlar kabi yoʻnalishlarda ham faol tahsil olmoqda. Yana bir muhim  imkoniyat – xotin-qizlarning xorijda taʼlim olishini qoʻllab-quvvatlashdir. Prezident stipendiyalari, "El-yurt umidi" jamgʻarmasi va turli xalqaro grant dasturlari orqali oʻzbekistonlik qizlar dunyoning nufuzli universitetlarida tahsil olish imkoniyatiga ega boʻlmoqda. Masalan, Buyuk Britaniya, Germaniya, Turkiya va Janubiy Koreya universitetlarida oʻqiyotgan oʻzbek qizlari soni yildan-yilga ortib boryapti. Ular zamonaviy bilim va tajribalarni oʻzlashtirib, keyinchalik mamlakat rivojiga hissa qoʻshish niyatida.c

Downloads

Published

2026-06-10
Loading...