CHILLA DAVRIDA TROMBOFLEBITNING ZAMONAVIY DIAGNOSTIKASI, DAVOLASH VA PROFILAKTIKASI
Keywords:
chilla davri, tromboflebit, venoz tromboemboliya, diagnostika, Doppler ultratovush, KT, MRT, antikoagulyant terapiya, profilaktika, tug‘ruqdan keyingi davr.Abstract
Ushbu maqolada chilla davrida uchraydigan tromboflebitning etiologiyasi, patogenezi, klinik belgilari, zamonaviy diagnostika usullari, davolash tamoyillari hamda profilaktik choralari tahlil qilingan. Homiladorlik va tug‘ruqdan keyingi davrda organizmda yuzaga keladigan fiziologik o‘zgarishlar venoz tromboembolik asoratlar rivojlanish xavfini oshirishi yoritilgan. Kasallikni erta aniqlashda Doppler ultratovush tekshiruvi, kompyuter tomografiyasi, magnit-rezonans tomografiyasi va laborator diagnostika usullarining ahamiyati ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, antikoagulyant terapiya, antibiotik davolash hamda zamonaviy klinik tavsiyalar asosida profilaktik chora-tadbirlarning samaradorligi ilmiy manbalar asosida tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari chilla davrida tromboflebitni erta tashxislash va o‘z vaqtida davolash og‘ir asoratlarning oldini olish hamda onalar salomatligini saqlashda muhim omil ekanligini ko‘rsatadi.
References
World Health Organization. WHO recommendations on maternal and newborn care for a positive postnatal experience. – Geneva: WHO, 2022. – 198 p.
Cunningham F.G., Leveno K.J., Bloom S.L. et al. Williams Obstetrics. – 26th ed. – New York: McGraw-Hill Education, 2022. – 1358 p.
American College of Obstetricians and Gynecologists. Practice Bulletin No. 196: Thromboembolism in Pregnancy // Obstetrics & Gynecology. – 2023. – Vol. 141, No. 2. – P. 1–24.
Royal College of Obstetricians and Gynaecologists. Reducing the Risk of Venous Thromboembolism during Pregnancy and the Puerperium. Green-top Guideline No. 37a. – London, 2023.
O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi. Akusherlik va ginekologiyada klinik protokollar. – Toshkent, 2023.
Shadmanov A.A., Axmedov Sh.X. Akusherlik va ginekologiya. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2022. – 624 b.