PAPILLYAR NAQSHLAR IZLARINI ANIQLASH, QAYD ETISH VA OLISHDA QO‘LLANILADIGAN ZAMONAVIY TEXNIK-KRIMINALISTIK VOSITA VA METODLARNI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI.
Keywords:
papillyar naqshlar, daktiloskopiya, kriminalistik texnika, papillyar izlar, izlarni aniqlash, izlarni qayd etish, izlarni olish, raqamli daktiloskopiya, AFIS, raqamli fotografiya, kontaktsiz texnologiyalar, identifikatsiya, texnik-kriminalistik vositalar.Abstract
Mazkur maqolada papillyar naqshlar izlarini aniqlash, qayd etish va olishda qo‘llaniladigan zamonaviy texnik-kriminalistik vosita va metodlarni takomillashtirish istiqbollari tahlil qilingan. Papillyar naqshlar izlarining shaxsni identifikatsiya qilishdagi kriminalistik ahamiyati, ularni aniqlash va qayd etishning mavjud usullari hamda zamonaviy texnologiyalarning ushbu jarayonlardagi imkoniyatlari yoritilgan. Tadqiqotda raqamli daktiloskopiya, zamonaviy optik va maxsus yoritish vositalari, kontaktsiz tasvirga olish texnologiyalari, raqamli fotografiya, kimyoviy va fizik usullar hamda avtomatlashtirilgan daktiloskopik identifikatsiya tizimlaridan foydalanishni takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Shuningdek, papillyar naqshlar izlarini qayd etishda raqamli ma’lumotlarning yaxlitligini ta’minlash, ularni elektron shaklda saqlash va himoyalash, turli yuzalardan izlarni olish metodlarini takomillashtirish hamda kriminalistik xodimlarning zamonaviy texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini oshirish masalalari ko‘rib chiqilgan. Maqolada mavjud texnik vositalarni zamonaviy raqamli texnologiyalar bilan uyg‘unlashtirish, avtomatlashtirilgan identifikatsiya tizimlaridan samarali foydalanish va izlar bilan ishlashning ilmiy-metodik asoslarini takomillashtirish papillyar naqshlar izlarining identifikatsion imkoniyatlaridan yanada samarali foydalanishga xizmat qilishi asoslab berilgan.
References
Mamatqulov T.B. Hujjatlarning texnik-kriminalistik ekspertizasi: ma’ruzalar kursi. – Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi nashriyoti, 2017.
Norqobilov N.N. Hujjatlarning texnik-kriminalistik ekspertizasi. – Toshkent: Yuridik adabiyotlar nashriyoti, 2021.
To‘rayev B.X. Hujjatlarni kriminalistik tadqiq etish asoslari. – Toshkent: Adolat, 2021.
Yusupov S.Yu., G‘ulomov Sh.R., Nasrullayev N.B. Raqamli kriminalistika: o‘quv qo‘llanma. – Toshkent: Aloqachi, 2020. – 241 b.