PAPILLYAR NAQSHLAR IZLARINI ANIQLASH, QAYD ETISH VA OLISHDA QO‘LLANILADIGAN ZAMONAVIY TEXNIK-KRIMINALISTIK VOSITA VA METODLAR.

PAPILLYAR NAQSHLAR IZLARINI ANIQLASH, QAYD ETISH VA OLISHDA QO‘LLANILADIGAN ZAMONAVIY TEXNIK-KRIMINALISTIK VOSITA VA METODLAR.

Authors

  • Nasimboyev Tohir Baxtiyor oʻgʻli OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IIV AKADEMIYASI KURSANTI

Keywords:

papillyar naqshlar, daktiloskopiya, papillyar izlar, kriminalistik texnika, izlarni aniqlash, izlarni qayd etish, izlarni olish, daktiloskopik kukun, kimyoviy usullar, raqamli fotografiya, AFIS, shaxsni identifikatsiya qilish.

Abstract

Mazkur maqolada papillyar naqshlar izlarini aniqlash, qayd etish va olishda qo‘llaniladigan zamonaviy texnik-kriminalistik vosita va metodlarning nazariy hamda amaliy jihatlari yoritilgan. Papillyar naqshlar izlarining shaxsni identifikatsiya qilishdagi kriminalistik ahamiyati, ularni hodisa sodir bo‘lgan joyda aniqlashning an’anaviy va zamonaviy usullari, turli yuzalardan izlarni olishning o‘ziga xos xususiyatlari tahlil qilingan. Shuningdek, daktiloskopik kukunlar, magnit kukunlar, kimyoviy reagentlar, sianoakrilat usuli, maxsus yoritish vositalari, raqamli fotografiya, elektron daktiloskopik qurilmalar hamda avtomatlashtirilgan daktiloskopik identifikatsiya tizimlaridan foydalanish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Maqolada papillyar naqshlar izlarini qayd etish va olish jarayonida zamonaviy raqamli texnologiyalardan foydalanish, olingan ma’lumotlarning aniqligi va yaxlitligini ta’minlash, ularni saqlash va identifikatsiya jarayoniga kiritish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Zamonaviy texnik-kriminalistik vositalardan samarali foydalanish jinoyatlarni tergov qilishda daliliy axborotning sifatini oshirish hamda shaxsni ishonchli identifikatsiya qilish imkoniyatlarini kengaytirishi asoslab berilgan.

References

Mamatqulov T.B. Hujjatlarning texnik-kriminalistik ekspertizasi: ma’ruzalar kursi. – Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi nashriyoti, 2017.

Norqobilov N.N. Hujjatlarning texnik-kriminalistik ekspertizasi. – Toshkent: Yuridik adabiyotlar nashriyoti, 2021.

To‘rayev B.X. Hujjatlarni kriminalistik tadqiq etish asoslari. – Toshkent: Adolat, 2021.

Yusupov S.Yu., G‘ulomov Sh.R., Nasrullayev N.B. Raqamli kriminalistika: o‘quv qo‘llanma. – Toshkent: Aloqachi, 2020. – 241 b.

Downloads

Published

2026-10-01
Loading...