PROFILAKTIKA INSPEKTORLARINING HUQUQBUZARLIKLARNING VIKTIMOLOGIK PROFILAKTIKASINI AMALGA OSHIRISHDA JAMOATCHILIK BILAN HAMKORLIGI.
Keywords:
profilaktika inspektori, huquqbuzarliklar, viktimologik profilaktika, jamoatchilik, hamkorlik, jinoyatchilikni oldini olish, fuqarolik jamiyati, ishonch, huquqiy madaniyat.Abstract
Ushbu maqolada profilaktika inspektorlarining huquqbuzarliklarning viktimologik profilaktikasini amalga oshirishda jamoatchilik bilan hamkorlikdagi faoliyati tahlil qilinadi. Maqolada viktimologik profilaktika tushunchasi, uning mohiyati va jamiyatdagi ahamiyati, shuningdek, huquqbuzarliklarning oldini olishda fuqarolarning, jamoat tashkilotlarining va mahalla institutlarining ishtiroki keng yoritilgan. Bugungi kunda jinoyatchilikning oldini olishda faqat davlat organlari emas, balki fuqarolik jamiyati institutlarining ham faol ishtiroki muhim o‘rin tutadi. Shu nuqtai nazardan, profilaktika inspektorlarining jamoatchilik bilan o‘zaro aloqasi, axborot almashinuvi, ishonchli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari dolzarb hisoblanadi. Maqolada viktimologik yondashuv asosida jinoyatlarning sabablari orasida jabrlanuvchining xulqi, ijtimoiy muhit va psixologik omillar tahlil qilinib, shunga qarab profilaktika choralari tizimlashtiriladi. Profilaktika inspektorlari tomonidan o‘tkazilayotgan targ‘ibot-tashviqot ishlari, mahallalarda o‘tkaziladigan uchrashuvlar, “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” kabi tadbirlar orqali aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirishga qaratilgan ishlar keltiriladi. Shuningdek, jamoatchilik bilan o‘zaro hamkorlikning samaradorligini oshirishda raqamli texnologiyalar, masofaviy muloqot vositalari va axborot tizimlaridan foydalanish istiqbollari ham yoritiladi. Maqola davomida huquqbuzarliklarning oldini olishda oila, ta’lim muassasalari, diniy tashkilotlar va NNTlarning o‘rni alohida ta’kidlanadi. Viktorologik profilaktika sohasida xalqaro tajriba, xususan, Yevropa mamlakatlari va MDH davlatlarining ilg‘or yondashuvlari tahlil qilinadi. Shu bilan birga, O‘zbekiston sharoitida profilaktika inspektorlarining vakolatlarini yanada kengaytirish, ularni zamonaviy kommunikatsiya uslublari bilan qurollantirish, shuningdek, jamoatchilik ishonchini mustahkamlash bo‘yicha amaliy takliflar beriladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, jamoatchilik bilan tizimli va ochiq hamkorlik jinoyatchilikka qarshi kurashning eng muhim omillaridan biridir. Aholining ijtimoiy faolligini oshirish, yoshlarni ijtimoiy himoya qilish va ularni huquqbuzarliklardan ogohlantirish profilaktika inspektorlari faoliyatining samaradorligini oshiradi. Maqola yakunida huquqbuzarliklarning viktimologik profilaktikasida davlat organlari va jamoatchilikning uzviy hamkorligi asosida kompleks yondashuv taklif etiladi.
References
Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: Ma’naviyat, 2008.
Jo‘rayev M., Mahmudov B. Huquqbuzarliklar profilaktikasi nazariyasi va amaliyoti. – Toshkent: TMI nashriyoti, 2020.
Rasulov Sh.A. Jinoyatchilikning viktimologik profilaktikasi: nazariya va amaliyot. – Toshkent: Huquq, 2019.
Qodirov D.R. Profilaktika inspektorlarining jamoatchilik bilan ishlash tajribasi. // Ichki ishlar tizimidagi islohotlar jurnali, 2021, №3.