KRIPTOVALYUTALAR VA BLOKCHEYNNI HUQUQIY TARTIBGA SOLISH: MARKAZLASHMAGAN MOLIYA TIZIMIDA FIRIBGARLIKDAN HIMOYALANISH CHORALARI
Keywords:
kriptovalyuta, blokcheyn, DeFi, firibgarlik, smart-kontrakt, kripto-aktivlar, pul yuvishga qarshi kurash, O‘zbekiston Jinoyat kodeksi, MiCA, FATF Travel Rule, rug pull sxemalari, phishing hujumlari.Abstract
Blokcheyn texnologiyasi va kriptovalyutalar asosida shakllangan markazlashmagan moliya (DeFi) tizimi moliyaviy xizmatlar ko‘rsatishda tub o‘zgarishlarni keltirib chiqarmoqda. Bu tizim oraliq vositachilarsiz tez va arzon operatsiyalarni ta’minlasa-da, uning markaziy nazoratning yo‘qligi va anonimlik xususiyati firibgarlikning yangi shakllarini, smart-kontrakt zaifliklaridan foydalanish, rug pull sxemalari, phishing hujumlari va pul yuvishni kuchaytirmoqda. Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasining kripto-aktivlar sohasidagi milliy qonunchiligi chuqur tahlil qilinadi va Yevropa Ittifoqining MiCA reglamenti hamda FATF tavsiyalari bilan solishtiriladi. Tadqiqot natijasida DeFi muhitida firibgarlikdan himoyalanishning huquqiy mexanizmlari, mavjud bo‘shliqlar va ularni bartaraf etish yo‘llari ko‘rib chiqiladi. Maqola O‘zbekiston qonunchiligini xalqaro standartlarga yaqinlashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar beiladi.
References
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-3832-son Qarori (03.07.2018).
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi (278⁸ va 278⁹-moddalar, O‘RQ-899-son Qonun, 19.01.2024).
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi.
Markets in Crypto-Assets Regulation (MiCA), Yevropa Ittifoqi (Regulation (EU) 2023/1114).
FATF Recommendations on Virtual Assets and Travel Rule (2025 update).
Lex.uz rasmiy ma’lumotlar bazasi.
Ilmiy manbalar: Khudoyberdiyev N.A. va boshqalar (kripto-aktivlar bo‘yicha tadqiqotlar).