3 YOSHGACHA BO'LGAN BOLALARDA ZPRRNI ANIQLASH: ZAMONAVIY YONDASHUVLAR VA DIAGNOSTIKA USULLARI

3 YOSHGACHA BO'LGAN BOLALARDA ZPRRNI ANIQLASH: ZAMONAVIY YONDASHUVLAR VA DIAGNOSTIKA USULLARI

Authors

  • Valieva Yulduz Rustamjanovna Toshkent shahri Yashnobod tumani 517-sonli Davlat Maktabgacha Ta’lim Tashkiloti (DMTT) tarbiyachisi

Keywords:

ZPRR (umumiy nutq rivojlanishining kechikishi), erta yoshdagi bolalar (0–3 yosh), erta diagnostika, neyropsixologik tekshiruv.

Abstract

Ushbu ishda 0–3 yoshli bolalarda umumiy nutq rivojlanishining kechikishi (ZPRR) ni erta bosqichda aniqlashning zamonaviy klinik-psixologik va pedagogik yondashuvlari tahlil qilingan. Tadqiqotning asosiy maqsadi – an'anaviy diagnostika usullari bilan bir qatorda, zamonaviy instrumental va neyropsixologik tekshiruv usullarining samaradorligini baholashdir. Ishda ZPRRning dastlabki belgilari, xususan, prelingvistik davrdagi ovoz reaksiyalari, imo-ishoralar almashinuvi va ijtimoiy muloqotga kirishish ko'nikmalaridagi og'ishlar batafsil yoritilgan. Diagnostika jarayonida multidistsiplinar yondashuv (logoped, nevropatolog, psixolog, defektolog hamkorligi) ahamiyati ta’kidlangan. Shuningdek, EEG (elektroensefalogramma), MRT (magnit-rezonans tomografiya) kabi neyrofiziologik usullar va standartlashtirilgan psixometrik shkalalar (masalan, Bayley skalasi, Denver testi) ning diagnostik ahamiyati ko'rib chiqilgan. Maqolada erta aralashuv (early intervention) strategiyalarining nutq funksiyasini tiklashdagi o‘rni va oila bilan ishlashning zarurati asoslab berilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, 3 yoshgacha bo‘lgan davrda kompleks diagnostika va korreksion ishlar natijasida bolalarning kognitiv va kommunikativ rivojlanishida ijobiy dinamikaga erishish mumkin.

Downloads

Published

2026-05-01
Loading...